» » Hindistonda koronavirusga qarshi dori vositasi sotila boshlandi

Hindistonda koronavirusga qarshi dori vositasi sotila boshlandi


Hindistonning Zydus Cadila farmatsevtika kompaniyasi COVID-19 davolash uchun virusga qarshi Remdac nomli dori vositasini sotishni boshladi. Bu haqda kompaniya xabariga tayanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Remdac hozirda faqat Hindistonda sotiladi. Bu virusga qarshi remdesivir preparatining eng arzon versiyasi hisoblanadi.

Ma’lum qilinishicha, 100 milligramm hajmdagi idishga qadoqlanayotgan dorining narxi 37,4 AQSh dollariga teng.

Hali patentlanmagan dori sotuvining Hindistonda yo‘lga qo‘yilishiga bir qator shtatlaridagi ma’murlarning koronavirusga chalingan bemorlarga dori-darmonlar yetishmasligi va ularni yetkazib berishda uzilishlar bilan bog‘liq shikoyatlari sabab bo‘lgani ta’kidlanmoqda.

Avvalroq COVID-19’ni davolashda qanday dori-darmonlar qo‘llanilishi mumkinligi haqida ma’lumot berilgan edi.

Jons Hopkins universitetining 13-avgust soat 18:30 da bergan ma’lumotiga ko‘ra, Hindistonda jami 2 396 637 nafar odamda koronavirus aniqlangan. Bemorlarning 1 695 982 nafari sog‘aygan, 47 033 nafari esa vafot etgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2020, 04:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют