» » Farg‘onada unashtiruvi bekor qilingan yigit sevgan qizining uyini yoqib yubordi (video)

Farg‘onada unashtiruvi bekor qilingan yigit sevgan qizining uyini yoqib yubordi (video)


Farg‘ona viloyati Beshariq tumanida yashovchi yigit unashtiruvi bekor qilingani sababli sevgan qizining uyini yoqib yubordi. Bu haqda “Sevimli” telekanalining “Zamon” axborot dasturida ma’lum qilindi.

Ma’lum bo‘lishicha, yigit 2018-yilda sevgan qizi bilan unashtirilgan. Ayrim sabablarga ko‘ra to‘y muddati cho‘zib kelingan.

Yigitning aytishicha, qizning otasi bo‘lmagan, biroq u buning sababiga qiziqmagan. Qiz turli uy yumushlarida yordam so‘rab, uni o‘z uyiga chaqirib turgan. Yigit ham uning uyiga borib, ishlariga yordam berib turgan.

Yigitning so‘zlariga ko‘ra, qiz bilan kelishmovchilik yuz bergan va yigit uni so‘kkan. Uning so‘kkanini qizning onasi eshitib qolgan va unashtiruvni bekor qilishga tushgan. Yigitning oilasi va mahallasidagi oqsoqollar borib, bu ish uchun kechirim so‘ragan. Biroq qiz tomon unashtiruvni bekor qilishga qaror qilgan.

Unashtiruv bekor qilingani sababli tushkunlikka tushgan yigit kechirim so‘rash va imkoni bo‘lsa, yarashish uchun qizning uyiga borgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, qizning uyida hech kim bo‘lmagan. Yigit u yerdan chiqib ketayotgan vaqtda sigaret chekib, uyning pardasiga o‘t qo‘yib yuborgan. Shundan keyin u olovni o‘chirib, uydan chiqib ketgan. Uyni tark etganidan keyin u yerda katta yong‘in yuz bergan.

O‘t o‘chiruvchilar voqea joyiga yetib kelgunga qadar uy va yon atrofdagi binolarga katta zarar yetgan. Uy egasining arizasiga binoan Beshariq tuman IIB xodimlari voqea joyiga borib, holatni o‘rgangan.

Ushbu holat bo‘yicha yigitga nisbatan Jinoyat kodeksining 173-moddasining 2-qismi “b” bandi (mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Baholash kompaniyasining hisob-kitoblariga ko‘ra, yong‘in oqibatida mazkur xonadonga 268 million so‘mlik zarar yetgan.

Avvalroq shahrisabzlik erkak avtomobilida o‘ziga qo‘shib 3 nafar farzandi va turmush o‘rtog‘ini yoqib yuborgandi. Natijada oilaning 5 nafar a’zosi ham vafot etgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2020, 05:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют