» » Britaniyalik xonanda Ed Shiran birinchi marta ota bo‘ladi

Britaniyalik xonanda Ed Shiran birinchi marta ota bo‘ladi


Britaniyalik qo‘shiqchi Ed Shiran va rafiqasi Cherri Siborn birinchi farzandining dunyoga kelishini kutmoqda. Bu haqda juftlikka yaqin bo‘lgan insayderlardan biri ma’lum qildi, deb yozadi Cosmopolitan.

Ta’kidlanishicha, ushbu xushxabardan masrur Ed va Cherri ayni damda bola dunyoga kelishi uchun tayyorgarlikni yakunlash arafasida. Insayder bergan ma’lumotga ko‘ra, chaqaloq shu yozda tug‘ilishi kerak.

Cherri homiladorligi bilan bog‘liq yangilikni koronavirus sabab e’lon qilingan karantinda o‘zini o‘zi izolyatsiya qilgani sabab sir saqlashga muvaffaq bo‘lgan, deyiladi xabarda.

View this post on Instagram

???? boi & gal by @zakarywalters

A post shared by Ed Sheeran (@teddysphotos) on

Ta’kidlash joiz, Ed va uning turmush o‘rtog‘i hayotini ko‘z-ko‘z qilishni yoqtirmaydiganlardan. 2018-yilda turmush qurgan juftlikning to‘yi bo‘lgani haqida oradan bir necha oy o‘tibgina ma’lum bo‘lgan. Marosimning qanday va qayerda o‘tkazilgani esa hali-hamon sir. Shiranning 2019-yilning oxirida shaxsiy hayotiga vaqt ajratish uchun ijodiy tanaffus e’lon qilgani, ota bo‘lishi haqida xabar topgani bilan bog‘liq degan taxminlar ham yo‘q emas.

Bundan avval bergan intervyularida Ed Cherri bilan yangi hayot boshlagani va hayotining keyingi 20 yilini gastrol safarlarida emas, oila va farzandlar davrasida o‘tkazishni istashi, oilasi uchun mashhurlikdan voz kechishga tayyor ekanini bir necha bor ta’kidlagan.

Mavzuga doir: Ed Shiran Angliyadagi rieltorga 70 million dollar naqd pul to‘lab, 27 ta ko‘chmas mulk sotib oldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2020, 08:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 100) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют