» » Yangi iPhone 12 taqdimoti sanasi ma’lum bo‘ldi

Yangi iPhone 12 taqdimoti sanasi ma’lum bo‘ldi


Jon Prosser ismli taniqli insayder Apple’ning yaqin oylardagi anonslar jadvali bilan bo‘lishdi. Koronavirus sabab kompaniya an’anaviy kuzgi tadqimotini qayta ko‘rib chiqishga majbur bo‘lib, uni bir necha bosqichlarga bo‘lgan, deb xabar beradi “Hi-Tech.Mail.ru”.

Birinchi taqdimot 7-sentabr kuni bo‘lib o‘tadi — ushbu kunda kompaniya yangi Apple Watch soatlari hamda iPad planshetlarini taqdim etadi. Aftidan, Apple alohida tadbir o‘tkazmasdan, faqatgina press-relizlar bilan bo‘lishadi va yangi qurilmalarga buyurtmalarni ochadi.

Insayderga ishoniladigan bo‘lsa, ikkinchi bosqich 12-oktabr kuni bo‘lib o‘tadi — ushbu kunda iPhone 12 lineykasining taqdimoti o‘tkaziladi. Bu endi to‘laqonli taqdimotga aylanib, kompaniya top-menejerlari chiqish qiladi va onlayn-translyatsiya amalga oshiriladi.

Shuningdek, 12-oktabr kunining o‘zida iPhone 12’ga buyurtmalar qabul qilish boshlanadi, biroq faqatgina kichkina modelga. Savdolarni 19-oktabrda boshlash rejalashtirilgan.

Uchinchi bosqichda esa iPhone 12 Pro hamda 12 Pro Max taqdim etiladi — ularning taqdimoti bir kunda o‘tkazilgani bilan, buyurtma va savdolar keyinroq, noyabrda boshlanadi.

Avvalroq Apple rasman 2020-yilgi yangi iPhone’lar savdosi har doimgidan kechroq boshlanishini ma’lum qilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2020, 08:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют