» » Namanganda kelinini urgan qaynotaga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Namanganda kelinini urgan qaynotaga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi


Namangan viloyati IIB axborot xizmati Yangiqo‘rg‘on tumanida oilaviy janjal oqibatida kelinini urgan va unga tan jarohati yetkazgan qaynotaga nisbatan jinoyat ishi ochilganini xabar qildi.

Voqea 2020-yilning 10-iyulida sodir bo‘lgan, 1957-yilda tug‘ilgan erkak o‘z uyida 1986-yilda tug‘ilgan kelini bilan janjallashgan. Og‘zaki tortishuvdan boshlangan janjal mushtlashuvga aylangan va erkak kelinini urib, unga tan jarohati yetkazgan.

Holat bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan 2020-yil 11-avgust kuni Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi (qasddan badanga yengil shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Kelinini urgan va uning sog‘lig‘ining qisqa vaqt (olti kundan ortiq, ammo yigirma bir kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga) yomonlashuviga sababchi bo‘lgan qaynota bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Avval Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida yashovchi 66 yoshli fuqaro 37 yoshli keliniga shafqatsiz muomalada bo‘lib, doimiy ravishda zulm o‘tkazgani va o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga olib borgani (ayol tanasining 95-98 foizi kuygan va u 2019-yil 20-dekabr kuni vafot etgan) uchun 4 yilga ozodlikdan mahrum qilingani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Andijonda xotiniga 5 marta, 18 yoshli qiziga 18 marta pichoq urib o‘ldirgan erkak 21 yilga qamaldi (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2020, 08:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 39) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют