» » NASA: insoniyat Yerdan tashqaridagi hayotni kashf qilish yoqasida turibdi

NASA: insoniyat Yerdan tashqaridagi hayotni kashf qilish yoqasida turibdi


Insoniyat Yerdan tashqaridagi hayotni kashf qilish yoqasida turibdi. Bu haqda NASA direktori yordamchisi Tomas Surbuxen AQSh kongressidagi eshitishlar chog‘ida ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.

“Shunchalik ko‘p miqdordagi ilm-fanlarning hayot qidirish bilan bog‘liq faoliyati shunchalik keng olib boriladigan bir paytda biz tarixdagi eng muhim kashfiyotlardan birining yoqasida turibmiz”, — dedi u.

Surbuxen NASAning bir qator so‘nggi yutuqlarini, shu jumladan, Qovg‘a yulduzlar turkumidagi TRAPPIST-1 yulduz tizimida Yerga o‘xshash yettita sayyora topilganini tilga oldi. “Faqat bizning Galaktikamizda milliardlab sayyoralar kashf qilinishini kutib turibdi”, — deya ishonch  bildirdi olim.

Uning so‘zlariga ko‘ra, NASA Yerda hayot qanday paydo bo‘lgani va rivojlangani, qanday sharoitlar koinotning ma’lum bir qismlarini hayot shakllanishi uchun yaroqli holatga keltirishi va ushbu olamlarning Yerdan tashqaridagi taqsimlanish salohiyati qanaqa ekanligini tushunishga qaratilgan tadqiqotlarni faol tarzda qo‘llab-quvvatlamoqda.

Опубликовано: admin (27-04-2017, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют