» » O‘zbekiston, AQSh va Afg‘oniston COVID-19, terrorizm va narkotrafikka qarshi kurashishda hamkorlikni kengaytiradi

O‘zbekiston, AQSh va Afg‘oniston COVID-19, terrorizm va narkotrafikka qarshi kurashishda hamkorlikni kengaytiradi


O‘zbekiston, AQSh va Afg‘oniston COVID-19 oqibatlarini bartaraf etish, terrorizm va narkotrafikka qarshi kurashishda hamkorlikni kengaytiradi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

12-avgust kuni O‘zbekiston—AQSh—Afg‘oniston uch tomonlama hamkorlik shakli Xavfsizlik bo‘yicha quyi qo‘mitasining videokonferensiya shaklida bo‘lib o‘tgan birinchi yig‘ilishida shunday qarorga kelingan.

Tomonlar, xususan, koronavirus infeksiyasining mintaqaviy va global xavfsizlikka ta’sirini muhokama qilgan. COVID-19 oqibatlarini bartaraf etish uchun kuchlarni birlashtirish zarurligi qayd etilgan.

Bundan tashqari, ayollar va qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash sohasidagi aloqalarni mustahkamlash, ularga nisbatan kuch ishlatish va xotin-qizlarning sifatli ta’lim olishi borasidagi muammolarni hal qilish mexanizmlari muhokama qilingan.

May oyi oxirlarida O‘zbekiston—AQSh—Afg‘oniston birinchi uch tomonlama majlisi videokonferensaloqa shaklida bo‘lib o‘tgandi. Unda COVID-19 pandemiyasi afg‘on xalqiga insonparvarlik yordamini berish, avvalo, dori-darmon va oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash bo‘yicha xalqaro hamkorlikni kengaytirish zarurligi ta’kidlangandi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonning Afg‘oniston orqali o‘tadigan tranzit yuklari hajmi oshirilishi mumkin



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2020, 09:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 34) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют