» » Amerikalik ayolga o‘z rasmi o‘rnida kursi aks etgan haydovchilik guvohnomasini berishdi

Amerikalik ayolga o‘z rasmi o‘rnida kursi aks etgan haydovchilik guvohnomasini berishdi


Amerikaning Tennessi shtatida istiqomat qiluvchi Jeyd Dodd muddati o‘tgan haydovchilik guvohnomasi o‘rniga yangisini olishga majbur bo‘ldi. Pandemiya vaqtida sog‘lig‘i borasida tavakkal qilmaslik uchun u onlayn-xizmatdan foydalanishga qaror qilgan va kutilmagan natijaga ega bo‘lgan, deb yozadi Motor.

Gap odatda hujjatlarda uchraydigan xato so‘z yoki jumlalar haqida emas. Dodd pochta orqali qabul qilgan yangi haydovchilik guvohnomasida uning ismi, tug‘ilgan kuni, jinsi, bo‘yi va hatto ko‘zining rangi ham to‘g‘ri ko‘rsatilgan. Biroq haydovchining rasmi turishi kerak bo‘lgan joyda ko‘k stul joylashgan.

Amerikalik ayol noodatiy surat bilan ijtimoiy tarmoqlarda bo‘lishib, shundan so‘ng Haydovchilarga xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qilgan. Yaroqsiz haydovchilik guvohnomasi zudlik bilan Doddning surati bor yangi hujjatga almashtirib berilgan. Biroq qiziqarli rasm tarmoqlarda tarqalishga ulgurib, mahalli OAV qiziqishini uyg‘otgan.

News 2 telekanali Tennessi shtati Ichki xavfsizlik va qo‘riqlash departamentiga murojaat qilib, hujjatda stul tasviri qanday qilib paydo bo‘lib qolganiga oydinlik kiritgan. Ma’lum bo‘lishicha, Doddni bir necha yil oldin suratga tushirgan Haydovchilarga xizmat ko‘rsatish markazining xodimi ikkita xatoga yo‘l qo‘ygan: avvaliga u bo‘sh stulni suratga olgan, keyin esa uni amerikalikning profiliga saqlab qo‘ygan.

“Mijoz muddati o‘tgan haydovchilik guvohnomasini almashtirganida, stul uning profilidagi so‘nggi surat bo‘lgani sabab hujjatga tushib qolgan”, — deya izohlaydi departament.

Mavzuga doir: Rossiyada xorijiy haydovchilik guvohnomalari bilan ishlash man etildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2020, 09:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют