» » Bruney sultoniga tegishli bo‘lgan Cizeta V16T superkari sotuvga qo‘yiladi

Bruney sultoniga tegishli bo‘lgan Cizeta V16T superkari sotuvga qo‘yiladi


Mayamidagi Curated avtosaloni noyob Cizeta V16T superkariga ega bo‘ldi. Mazkur nusxa avval Bruney sultoniga tegishli bo‘lgan bo‘lib, ko‘k rangda ishlab chiqarilgan yagona model hisoblanadi, deb xabar beradi Motor.

Superkar umumiy qiymati milliardlab dollarga baholanuvchi Bruney sultoni Hassanal Bolkiaxning ulkan kolleksiyasida bo‘lgan. Curated kompaniyasi bundan olti oy oldin sultondan sportkarni sotib olgan va hozirda uni sotuvga qo‘ymoqchi.

Birinchi Cizeta V16T 1998-yilda taqdim etilgan. Avtomobil Lamborghini sobiq muhandisi Klaudio Zampolli, prodyuser Jorjio Morodera va dizayner Marchello Gandini hamkorligida yaratilgan. Dastlab Cizeta’ni Lamborghini Diablo’ga o‘xshab yaratish rejalashtirilgan, biroq natijada ushbu fikrdan qaytilgan.

Bir juft “ko‘r” faralarga ega noodatiy kupeni yig‘ish 1991-yilda boshlangan. Rejaga ko‘ra, yiliga 40 ga yaqin avtomobil ishlab chiqarish kerak bo‘lgan, biroq 1995-yilga kelib 19 nusxa yig‘ilgan, xalos. 1996-yildan 2006-yilga qadar esa yana uchta, jumladan, bitta rodster yig‘ilgan.

Sultonga tegishli bo‘lgan Cizeta 101 shassisida yaratilgan bo‘lib, 1993-yili Jeneva avtosalonida taqdim etilgan. Avtomobil deyarli yo‘l bosmagan: u matbuot va reklama tadbirlarida ishtirok etgan. 27 yoshli kupe hozirga qadar 983 kilometr yo‘l bosgan.

Cizeta V16T’ga 540 ot kuchiga ega 6,0 litrli V16 dvigateli o‘rnatilgan bo‘lib, u to‘rt soniyadan kamroq vaqt ichida soatiga 100 kilometr tezlikka erisha oladi. Dvigatel besh pog‘onali mexanik uzatmalar qutisi yordamida boshqariladi. Maksimal tezligi — 328 km/soat.

Noyob Cizeta V16T qanchaga baholanayotgani noma’lum, chunki kupe hozircha savdoga qo‘yilmagan. 1990-yillarda bu kabi avtomobil 650-850 ming dollarga baholangan.

Mavzuga doir: Fotogalereya: Bruney sultonining chiroyli bo‘lmagan avtomobillari



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2020, 09:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют