» » Kanada bosh vaziri komiks qahramoniga aylanadi (foto)

Kanada bosh vaziri komiks qahramoniga aylanadi (foto)


Kanada bosh vaziri Jastin Tryudoning tarjimayi holi asosida komikslar chiziladi va sotuvga chiqariladi. Bu haqda Reuters agentligi xabar tarqatgan.

10 yildan buyon siyosatchilar haqida komikslar yaratish va tarqatish bilan shug‘ullanuvchi AQShdagi TidalWave kompaniyasi yangi nashrga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Suratlarda Tryudoning kasbiy hamda shaxsiy yutuqlari, uning hayotida kuzatilgan qiyinchiliklar haqida hikoya qilinadi. Bundan tashqari, komikslarda siyosatchining muvaffaqiyatida uning otasi amalga oshirgan muhim harakatlarga ham o‘rin beriladi. Eslatib o‘tamiz, Jastin Tryudoning otasi Pyer Tryudo Kanadaning 15-bosh vaziri bo‘lgan.

24 sahifadan iborat komiks 16-sentabrdan sotuvga chiqadi. Kitobchaning muqovasida Tryudo Supermen personaji libosida faqat “S” harfi o‘rnida Kanada ramzi hisoblanuvchi barg tushirilgan surati bo‘ladi.

JUSTIN TRUDEAU GET THE COMIC BOOK TREATMENT
On sale Sept 16th. Pre-order on Amazon now! check out the covers - stay tuned! #JustinTrudeau #PrimeMinister #comics #Biography #canada @JustinTrudeau "Political Power: Justin Trudeau" pic.twitter.com/jmci50YMft

— TidalWave Comics (@TidalWaveProd) August 12, 2020

Komiksda Tryudoning yuqori reytingi va kanadaliklar orasidagi obro‘si alohida qayd etiladi. “Siyosiy kuch” deb nomlangan qattiq muqovali komiksni maxsus buyurtma orqali ham xarid qilish mumkin.

Jastin Tryudo 1971-yil 25-dekabrda Ottavada tug‘ilgan. U 2015-yilda mamlakatning 23-bosh vaziriga aylangan.

Mavzuga doir: Kanadada pandemiyaga qarshi kurashayotgan shifokorlar sharafiga maxsus tanga zarb qilindi

Avval Tryudoning irqchilik va politsiya zo‘ravonligiga qarshi norozilik namoyishlarida ishtirok etgandi. U Ottavadagi namoyishchilar bilan birga mazkur muammoning yechilishini talab qilgan.

Mavzuga doir: Kanada bosh vaziri Trampning AQShdagi namoyishlarga qarshi choralari haqidagi savolga javob berishda qiynaldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2020, 10:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют