» » Hind aktyori Sanjay Datt — Munnaboyga o‘pka saratoni tashxisi qo‘yildi

Hind aktyori Sanjay Datt — Munnaboyga o‘pka saratoni tashxisi qo‘yildi


Hindistonlik taniqli aktyor Sanjay Datt nafas qisilishidan shikoyat qilib, kasalxonaga borgan. Unda koronavirus testi salbiy chiqdi. Biroq Sanjayga 3-bosqich o‘pka saratoni tashxisi qo‘yildi. U davolanish uchun AQShga uchadi. Bu haqda Bollywoodtime xabar berdi.

“Baba juda tushkunlikka tushdi. Uning kichkina bolalari bor. Yaxshiyamki, hozir ular onalari bilan Dubayda. Ammo ularga bu dahshatli xabarni aytish haqiqatda og‘ir. Sanjay ruhiy iztirobda, lekin tuzalib ketishiga ishonadi. Sanjay zudlik bilan jiddiy davolanishi kerak. Shuning uchun ham u shoshilinch uchib ketdi”, — deydi yaqin do‘sti.

Sanjay kasalligining jiddiyligi haqida xabar tarqalishi bilan Amitabh, Abhishek Bachchan va Salmon Xon aktyor bilan bog‘lanishga urindi, ammo u qo‘ng‘iroqlarga javob bermagan.

Ma’lumot uchun, Sanjay Datt 1959-yilda Hindistonning Mumbay shahrida tug‘ilgan. U “Ism”, “Ta’qib”, “Sohibjamol”, “Sevgilim” kabi yuzdan ortiq filmlarda suratga tushgan. O‘zbek tomoshabinlariga Sanjay “Munnaboy” filmidagi quvnoq va hazilkash yigit obrazi bilan yaxshi tanish.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2020, 10:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют