» » “O‘zgidromet”: iyul oyida Toshkent, Olmaliq, Angren va Farg‘ona shaharlarida havoning ifloslanish darajasi yuqori bo‘lgan

“O‘zgidromet”: iyul oyida Toshkent, Olmaliq, Angren va Farg‘ona shaharlarida havoning ifloslanish darajasi yuqori bo‘lgan


“O‘zgidromet” O‘zbekistonda iyul oyida atmosfera havosi ifloslanishi monitoringi 21 ta shahardagi 56 ta statsionar kuzatuv punktida amalga oshirilganini xabar qildi.

Qayd etilishicha, aholi soniga qarab va normativ hujjatlar asosida shaharlarda 2 tadan 4 tagacha post joylashtirilgan. Kuzatuv punktlarida atmosfera havosidagi 12 ta ifloslantiruvchi modda nazorat qilinadi.

Iyul oyida 17 ta shaharda “past” ifloslanish darajasi, Toshkent, Olmaliq, Angren va Farg‘ona shaharlarida “yuqori” ifloslanish darajasi qayd etilgan.

Shaharlarda havoning ifloslanishi sanoat korxonalari chiqaradigan ajratmalar, qurilish ishlari va meteosharoitlarga bog‘liq.

Iyulda respublika bo‘yicha atmosfera havosining ifloslanish darajasi me’yor chegarasida bo‘lgan.

Respublika bo‘yicha radiatsiyaviy fon ifloslanishi holati haqida. Atmosfera yeroldi qatlamining radiatsiyaviy monitoringi “O‘zgidromet” tarmog‘ida har kuni 40 ta shahar va aholi punktlaridagi meteomaydonchalarda gamma-nurlanish ekspozitsiya dozasini asboblar yordamida o‘lchash orqali amalga oshiriladi. O‘tkazilgan radiatsiyaviy monitoring bo‘yicha 2020-yil iyulda radiatsiyaviy gamma-fon qiymatlari ruxsat berilgan me’yordan oshmagan.

Ma’lumot uchun: shaharlarda atmosfera havosi sifatini monitoring qilish dasturi beshta asosiy ifloslantiruvchi modda: chang (qattiq muallaq zarrachalar), oltingugurt dioksidi, uglerod oksidi (is gazi), azot dioksidi, azot oksidini o‘z ichiga oladi. Sanoat ajratmalari tarkibi va yaqinda joylashgan shaharlar va tutashgan hududlar xususiyatlariga qarab dasturiy o‘lchovlarga boshqa moddalar (ammiak, fenol, formaldegid, ozon, xlor, qattiq ftoridlar, ftorli vodorod, og‘ir metallar) qo‘shiladi.

Atmosfera havosi holati ustidan kuzatuvlar har kuni haftasiga 6 kun, sutka davomida 3 marta (mahalliy vaqt bilan soat 07:00, 13:00, 19:00 da) amalga oshiriladi. “O‘zgidromet” kuzatuv punktlarida havo namunalari aspirator usulida olinadi va markaz laboratoriyalarida tahlil qilinadi.

Avval “O‘zgidromet” tomonidan 2020-yil may oyida o‘tkazilgan atmosfera havosi ifloslanishi monitoringi natijalariga ko‘ra, 24 ta shaharda havoning ifloslanish darajasi past bo‘lgan, yuqori ifloslanish darajasi Olmaliq shahrida AIIning 8,85 ga teng qiymati bilan qayd etilgani xabar qilingandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2020, 10:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют