» » Belarusda nima gap? 13-avgustning asosiy voqealari

Belarusda nima gap? 13-avgustning asosiy voqealari


Belarusda prezident saylovining rasmiy natijalaridan norozi bo‘lgan aholi oltinchi kundir namoyishlar o‘tkazmoqda. Meduza nashri kecha, 13-avgust kuni ushbu mamlakatda ro‘y bergan asosiy voqealarga to‘xtalib o‘tdi.

Bu safar namoyishchilarning asosiy chaqiriqlari zo‘ravonlikka barham berish borasida bo‘ldi. Avvalgi kundagi kabi, bu kuni ham militsiya va harbiylar namoyishchilarni keskin quvib tarqatishdan o‘zini tiydi va ommaviy ravishda hibsga olishlar haqida ham ma’lumotlar kelib tushmadi.

Norozilik aksiyalarning asosiy qismi «birdamlik zanjiri» ko‘rinishida bo‘lib o‘tdi, bunda namoyishchilar qo‘llarida oq gullar, yoki oq sharlar va plakatlar bilan tirik zanjir ko‘rinishida tizilib turishgan va shu tarzda, militsiya zo‘ravonligidan jabr ko‘rganlarni qo‘llab-quvvatlashgan. Norozilik aksiyalari ertalabdan boshlanib, tun oqquncha davom etgan.

Noroziliklarga yirik sanoat korxonalarining ishchilari ham kelib qo‘shila boshlagan. Kunduzi norozilikka Belarus avtomobil zavodi (BelAZ), Minsk avtomobil zavodi (MAZ), Minsk traktor zavodi, «Belmedpreparati» va «Belkard» korxonalari, Grodnodagi «Terrazit» va «Grodno-Azot» zavodlarining bir necha o‘nlab va yuzlab ishchilari ish tashlashga chiqishgan.

БелАЗ выходит на забастовку. pic.twitter.com/2ZvE6BpkD9

— Ilya Pahomov (@ilyapahomov) August 13, 2020

Noroziliklar boshlanganidan buyon birinchi marta, hukumat vakillari namoyishchilar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotga kirishishdi. BelAZ joylashgan Jodino shahrida mer Dmitriy Zablotskiy kunduzi zavodning ish tashlash e’lon qilgan xodimlari bilan uchrashdi va kechki payt esa minglab odamlar yig‘ilgan maydonga chiqib, kishilarning savollariga javob berdi. Namoyishchilar bilan shuningdek Soligorsk meri ham uchrashgan.

IIV boshlig‘i Yuriy Karayev davlat telekanali bo‘lmish ONTga katta intervyu bergan. Intervyuda u OMON xodimlari namoyishchilar orasidan tasodifiy kishilarni qo‘lga olishganini tan olgan va ulardan uzr so‘ragan; lekin zo‘ravonliklar uchun barcha aybni namoyishchilarning o‘zlariga to‘nkab qo‘ygan. Xususan, u namoyishlarning birinchi tunida militsiya kuch ishlatmaganini, ikkinchi kunida esa zo‘ravonlikni birinchi bo‘lib namoyishchilar o‘zi boshlaganini ta’kidlagan va huquqni muhofaza qiluvchi xodimlar bunga javoban harakat qilishga majbur bo‘lishgan deb aytgan. Shuningdek u militsiya xodimlari jamoatchilik nazdida «iblis» bo‘lib ko‘rinayotganini uchun javobgarlikni «provokatorlar»ga ag‘dargan va namoyishlar «rangli inqiloblar texnologiyasidan» foydalangan holda muvofiqlashtirilayotgani haqida fikr bildirgan.

Kech oqshom paytida, o‘z administratsiyasi rahbari Natalya Kochanova orqali Aleksandr Lukashenko o‘zi ham kunduzi bilan bo‘lib o‘tgan namoyishlarga nisbatan munosabat bildirgan. Kochanovaning aytishicha «Prezident mehnat jamoalarining fikrini eshitgan» va barcha qo‘lga olinganlar borasida tezroq aniqlik kiritish va hibsdagilarni izolyatorlardan chiqarilishini tezlashtirish borasida topshiriq bergan. «Bizga janjal kerak emas, bizga urush kerak emas», deb bayonot bergan Kachanova. Yarim tunga yaqin Minskdagi Okresitna izolyatoridan hibsdagilarni ommaviy ravishda chiqarib yuborish boshlangan. Avtozaklar, harbiy texnika va OMON avtobuslari Minskni tark etishni boshlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2020, 11:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют