» » PSJ jarohat olgan Keylor Navasning ahvoli haqida ma’lumot berdi

PSJ jarohat olgan Keylor Navasning ahvoli haqida ma’lumot berdi


PSJ darvozaboni Keylor Navas Yevropa Chempionlar Ligasi 1/2 final bosqichidan o‘rin olgan “Leypsig”ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin.

Keylor Navasning son qismida og‘riq bor. Tekshiruv va MRT natijalari ham shikastlanishini tasdiqladi. Qayta ko‘rik shanba, 15-avgust kuni bo‘lib o‘tadi, ammo uning “Leypsig”ga qarshi o‘yinda maydonga tushishi so‘roq ostida.

PSJ bayonoti

Eslatib o‘tamiz, Navas musobaqaning chorak finalida “Atalanta”ga qarshi o‘yinning 79-daqiqasida o‘zini noqulay his qilgani uchun almashtirilgandi.

Chempionlar Ligasi 1/2 finalidan o‘rin olgan PSJ —“Leypsig” o‘yini 18-avgust sanasiga belgilangan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2020, 11:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 44) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют