» » Samsung Galaxy S20 Fan Edition’ning yangi texnik tavsiflari oshkor bo‘ldi

Samsung Galaxy S20 Fan Edition’ning yangi texnik tavsiflari oshkor bo‘ldi


Samsung kompaniyasi Galaxy Note20 lineykasi ortidan yangi Galaxy S20 Fan Edition (Galaxy S20 Lite) smartfonini taqdim etishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Geekbench benchmarki sahifasida qurilma modifikatsiyalaridan birining texnik tavsifi paydo bo‘ldi, deb yozadi Gizmochina.

Qurilma SM-G780F model raqami ostida ekanligi ma’lum, standart S20 Lite’ning kodi esa SmG781B. Yangi ma’lumotlarga ko‘ra, Fan Edition modeli Exynos 990 protsessori bazasida ishlaydi. Shuningdek, Snapdragon 865 protsessorli model ham taqdim etiladi.

Galaxy S20 Fan Edition 8 gigabayt tezkor xotiraga, bazaviy versiyaning ichki xotirasi esa 128 gigabaytga teng bo‘ladi. Smartfon Android 10 operatsion tizimida ishlaydi. Qurilma ekrani yangilangan 120 gerts chastotaga ega, biroq hozircha qurilma haqida boshqa ma’lumotlar yo‘q.

Gadjet displeyidagi kichik qirqimdan bitta frontal kamera o‘rin olgan — bu Samsung qurilmalarining standart dizayniga aylanib ulgurdi — 32 megapikselli. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qurilma orqasida uchta obyektivga ega yirik kamera moduli joylashgan: 12 megapikselli asosiy, 12 megapikselli keng burchakli va 8 megapikselli televik.

Hozircha Galaxy S20 Fan Edition narxi to‘g‘risida ma’lumotlar yo‘q. Tadqimot 2020-yilning oktabriga rejalashtirilgan.

Samsung kompaniyasi Galaxy S20 Lite hamyonbop flagmanini taqdim etishi to‘g‘risida iyul o‘rtalarida ma’lum bo‘lgandi. O‘shanda Galaxy S20 Lite’ning displeyi ham arzonroq modelga o‘zgartirilishi mumkinligi — uning o‘lchami biroz kichikroq bo‘lib, piksellar soni kamayishi aytilgandi.

Mavzuga doir: Samsung kompaniyasi Galaxy Note 20 va Note 20 Ultra smartfonlarini taqdim etdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2020, 11:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют