» » “Yoshligimda kichik yoshli farzandimni tuproqqa qo‘ygandim. Endi bu dardni o‘g‘lim ham ko‘tarishidan qo‘rqaman”. Oqqonga chalingan Og‘abek yaxshi insonlarning yordamiga muhtoj

“Yoshligimda kichik yoshli farzandimni tuproqqa qo‘ygandim. Endi bu dardni o‘g‘lim ham ko‘tarishidan qo‘rqaman”. Oqqonga chalingan Og‘abek yaxshi insonlarning yordamiga muhtoj


Suratdagi bolakayning ismi Og‘abek. Navoiy viloyati Xatirchi tumanida tug‘ilgan. Yoshi 9 da. Bir necha oy oldin unga oqqon tashxisi qo‘yilgan.Og‘abek ayni paytda Gematologiya va qon quyish ilmiy-tekshirish institutida uchinchi kurs muolajalarini tugatyapti.

Og‘abekning o‘zi esa qanday kasal bilan og‘riganini bilmaydi. Bolakay tezroq uyga qaytishni va boshqa umuman kasal bo‘lmaslikni xohlamoqda. Ota-onasi ham farzandining tezroq tuzalib ketishini istaydi. Biroq buning uchun vaqt va eng muhimi katta mablag‘ zarur.

“Bolam yaxshi bo‘lib ketsa, eng muhimi shu hozir biz uchun. Allohdan shifo va sabr so‘rashdan boshqa ilojimiz yo‘q. Biroq davolash uchun katta pul kerak bo‘lar ekan. Hozir uni yig‘ishga imkonim bo‘larmikan, deya kechalari bilan uxlolmayapman. Men va xotinim o‘qituvchimiz, maktabda dars beramiz. Maoshimizni davolashga ishlatyapmiz, qarz ko‘tardik, kredit ham oldik, biroq bu bilan 5-6 ta kursdan iborat bo‘lgan davolash muolajalarining hammasiga mablag‘ topa olmaymiz. Lekin men o‘g‘limning yashashini, tuzalib ketishini xohlayman”, — deydi Og‘abekning dadasi Oybek To‘xtashev.

Ayni paytda oila bolakay tuzalishi va hayotga qaytishi uchun bor imkonini ishga solib harakat qilmoqda. Biroq oila farzandini davolatish uchun yetarli mablag‘ga ega emas.

“Nevaram karate bilan shug‘llanar edi. Lekin tez charchab qolgani uchun to‘garakka ham yubormay qo‘ygandik. Endi bilsak, bu holsizlik kasallik ta’sirida yuzaga chiqayotgan ekan. Yoshligimda kichik yoshli farzandimni tuproqqa qo‘ygandim. Endi bu dardni o‘g‘lim ham ko‘tarishidan qo‘rqaman. Nevaramning umrini Alloh uzun qilsin”, — deydi kun-u tun faqat duo qilayotgan Og‘abekning buvisi Oydin Usmonova.

Biz barcha sahovatli yurtdoshlarimizdan 9 yashar Og‘abekning sog‘ayib ketishida o‘z yordamlarini ayamasliklarini so‘rab qolamiz.

Og‘abek Ismatullaevga xayriya qilishni istaganlar uchun kerakli ma’lumotlar:

Plastik karta orqali:

Barcha kartalar dadasi Oybek To‘xtashev nomida

UzCard — 8600 0423 1723 0018;

Humo — 9860 0303 1500 4587;

“Kapital bank” viza kartasi  — 4278 3100 2019 5483.

Oybek To‘xtashevning telefon raqami:

+99893 431-87-82



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2020, 12:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют