» » KXDR hukumati Kesondagi karantin rejimini bekor qildi

KXDR hukumati Kesondagi karantin rejimini bekor qildi


KXDR hukumati Janubiy Koreya bilan chegarada joylashgan Keson sharida joriy etilgan qattiq karantin rejimini bekor qilish bo‘yicha qaror qabul qildi. Bu haqda Koreya Markaziy telegraf agentligiga tayanib, “TASS” xabar berdi.

26-iyul kuni KXDR hukumati Janubiy Koreyadan chegarani noqonuniy kesib o‘tgan fuqaroda koronavirus kasalligining belgilari kuzatilganini ma’lum qilgandi. Shu sababli Keson shahrida 24-iyuldan qattiq karantin rejimi joriy etilgan edi. 25-iyul kuni Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Koreya Mehnat partiyasi Markaziy qo‘mitasi bilan ushbu vaziyat bo‘yicha favqulodda yig‘ilish o‘tkazgan. Shuningdek, u koronavirus tarqalishidan himoyalanish uchun maksimal tayyorgarlik holatiga o‘tishga tayyorligini bildirgan.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, KXDRda hozirga qadar koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha birorta holat qayd etilmagan. Biroq Janubiy Koreyaning JoongAng Ilbo gazetasi anonim manbalarga asoslanib yozishicha, KXDRda COVID-19 bilan bog‘liq ilk holatlar 2020-yil fevral oyidayoq qayd etilgan. Yanvar oxiridan beri mamlakatda kasallik tarqalishiga qarshi keskin choralar qabul qilingan bo‘lib, chegaralar yopilgan, maktablar faoliyati to‘xtatilgan va umummilliy karantin joriy etilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2020, 12:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют