» » Shimoliy Koreyaga yangi bosh vazir tayinlandi

Shimoliy Koreyaga yangi bosh vazir tayinlandi


Shimoliy Koreya bosh vaziri o‘zgardi, deb xabar bermoqda “TASS”. Yangi bosh vazir etib KXDRda hukmron Mehnat partiyasidan bo‘lgan Kim Don Xun tayinlangan.

Shimoliy Koreya markaziy telegraf agentligi (KMTA) ma’lumotlariga ko‘ra, hukumatni boshqargan Kim Chje Ryon partiyaning Markaziy qo‘mitasi rahbariyatidan yangi lavozim oldi.

Qayd etilishicha, hukumat rahbarini almashtirish haqida Markaziy qo‘mita siyosiy byurosi yig‘ilishida qaror qabul qilingan. Yig‘ilish Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In raisligida o‘tkazilgan.

Eslatib o‘tamiz, iyun oyining boshlarida Shimoliy va Janubiy Koreya munosabatlari yomonlashgandi. 14-iyun kuni Janubiy Koreya hukumati Shimoliy Koreya bilan bog‘liq har qanday vaziyat yuzasidan javob berishga tayyorligini ta’kidlab, KXDRni ikki mamlakat o‘rtasidagi harbiy bitim bo‘yicha kelishuvlarni amalga oshirishga chaqirdi. 16-iyun kuni esa Shimoliy Koreya harbiylari Keson shahrida joylashgan Koreyalararo aloqa ofisini portlatib yubordi.

Shuningdek, KXDR va AQSh o‘rtasidagi munosabatlar ham keskinligicha qolmoqda. Ular o‘rtasidagi muzokaralar to‘xtab qolgan.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp KXDRga nisbatan sanksiyalarni yana bir yilga uzaytirgan, Kim Chen In esa Janubiy Koreyaga qarshi harbiy harakatlar rejasini to‘xtatib turishga qaror qilgan edi.

Mavzuga doir: Kanada bosh vaziri komiks qahramoniga aylanadi (foto)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют