» » Rossiyada har qanday yo‘lda ham harakatlana oladigan tez yordam mashinasi yaratildi (foto)

Rossiyada har qanday yo‘lda ham harakatlana oladigan tez yordam mashinasi yaratildi (foto)


Rossiyaning “Avtoros” kompaniyasi hamda “Sadr” qo‘shma korxonasi hamkorlikdagi yangi loyihani taqdim etdi: qor-botqoqli yo‘llarga mo‘ljallangan sakkiz g‘ildirakka ega “Shaman” bazasida yaratilgan tez yordam avtomobili. 6,3 metrli mashinaga haydovchi, to‘rt nafar tibbiyot xodimi hamda ikki bemor sig‘adi, deb xabar beradi Motor.

“Shaman”ning tibbiyot versiyasi standart qor-botqoq yo‘llar uchun yaratilgan avtomobil kasallarni tashishga mo‘ljallangan kuzovi va to‘liq qurilmalar jamlanmasi bilan farq qiladi. Mustaqil “podveska” va past bosimli shinalar, 8x8 uzatma yo‘ltanlamasga deyarli barcha to‘siqlarni bosib o‘tishga yordam beradi.

“Shaman” uzunligi 6300 millimetrni, eni 2500 millimetrni, balandligi esa 2700 millimetrni tashkil etadi. Yo‘ltanlamas tez yordam karetasini 146 ot kuchiga ega 3,0 litrli Iveco motori harakatga keltiradi. Avtomobil quruqlikda soatiga 70 kilometr, suvda esa 7 km/soat tezlikda harakatlanishga qodir.

Tez yordam karetasiga konditsioner, isitish va ventilyatsiya tizimlari o‘rnatilgan, maxsus xavfsizlik kamarlari, akustik va yorug‘lik signal qurilmalari, o‘t o‘chirish moslamalari mavjud.

Mazkur avtomobil 23—29-avgust kunlari Moskva viloyatida o‘tkaziladigan “Armiya—2020” harbiy-texnika forumi doirasida ommaga taqdim etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2020, 13:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют