» » Toshkentda yuk mashinalarini bojxona to‘lovlarisiz olib kirishga urinishlar fosh etildi

Toshkentda yuk mashinalarini bojxona to‘lovlarisiz olib kirishga urinishlar fosh etildi


Prezidentning 6-martdagi “Yuk va yo‘lovchi tashish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga binoan, 2022-yil 1-yanvarga qadar ishlab chiqarilganiga 4 yildan oshmagan, yuk tashish uchun mo‘ljallangan transport vositalari QQS va bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari bojxona to‘lovlaridan ozod qilingan.

Bojxonachilar tomonidan aniqlangan navbatdagi holatlarda mazkur imtiyozni suiiste’mol qilishga bo‘lgan urinishlarning oldi olindi, deya xabar bermoqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati.

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan “Chuqursoy” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida fuqaro N.B. nomiga xorijdan keltirilgan KIA Bongo 3 rusumli yuk avtotransport vositasi belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Natijada avtotransport vositasining muzlatgichli yukxonasi eski va umuman ishlamasligi, yoqilg‘i quyish baki yangi o‘rnatilganligi, dvigatel va yoqilg‘i baki bir-biriga umuman ulanmaganligi, hujjatlarda avtotransport dizelda harakatlanishi ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, undagi dvigatel benzin va gazda harakatlanishi aniqlandi.

Bojxona ko‘rigi davomida ma’lum bo‘lishicha, fuqaro N.B. bojxona organlariga noto‘g‘ri ma’lumotlarni taqdim etish orqali salkam 230 million so‘mlik bojxona imtiyozlaridan foydalanishni ko‘zlagan ekan.

Mazkur holat yuzasidan protsessual hujjatlar rasmiylashtirilib, avtotransport vositasi vaqtincha saqlovga olindi.

Shu kabi holat Qoraqalpog‘iston bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan ham fosh etildi.

“To‘rtko‘l” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida tumandagi mas’uliyati cheklangan jamiyatlardan birining nomiga keltirilgan 3 ta Howo rusumli yuk avtotransport vositalari ekspert-kriminalistika tekshiruvlaridan o‘tkazilganida, ushbu yuk mashinalari hujjatlarda ko‘rsatilganidek, 2019-yilda emas, balki 2014—2015-yillarda ishlab chiqarilgani ma’lum bo‘ldi.

Shu tariqa o‘rtacha bozor narxi 1 milliard 345 million so‘mni tashkil qiluvchi mazkur transport vositalarini bojxona to‘lovlarisiz olib kirishga bo‘lgan urinishga chek qo‘yildi hamda ularga nisbatan salkam 650 million so‘mlik bojxona to‘lovlari hisoblandi.

Holat yuzasidan fuqarolar N.U. va A.U.ga nisbatan protsessual hujjatlar rasmiylashtirildi.

Hozirgi kunda mazkur holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2020, 13:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют