» » Tojikiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasi bilan birinchi navbatda kimlar emlanishini ma’lum qildi

Tojikiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasi bilan birinchi navbatda kimlar emlanishini ma’lum qildi


Tojikistonda Rossiya tomonidan yaratilgan vaksina bilan birinchi navbatda qandli diabeti va astmasi bor bemorlar, nazorat-o‘tkazish punktlarida navbatchilik qilayotgan tibbiyot xodimlari va chegarachilar emlanishi rejalashtirilmoqda, deb xabar beradi Asia-Plus.

Ma’lum qilinishicha, mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga qarshi vaksinani olish bo‘yicha Rossiyaning tegishli tuzilmalari bilan muzokaralar o‘tkazishga kirishgan. Muzokaralarga diplomatlar ham qo‘shilgan.

Ta’kidlanishicha, vazirlik qoshida Tojikistonning Rossiya vaksinasiga bo‘lgan ehtiyojini hisoblovchi ishchi guruh tuzilgan. Birinchi navbatda emlanadigan toifadan so‘ng qolgan barcha fuqarolarni ommaviy vaksinatsiya qilish boshlanadi.

Avvalroq Tojikiston koronavirusga qarshi Rossiya vaksinasini qo‘lga kiritish bo‘yicha ariza yuborgani to‘g‘risida ma’lum bo‘lgandi.

“Hukumat va rivojlanish borasidagi hamkorlar yordamida Rossiya tomonidan yaratilgan vaksinani olish umididamiz. Buning uchun Tojikiston Sog‘liqni saqlash vazirligi ishchi guruh tuzishi va birinchi navbatda vaksinatsiyaga muhtoj toifa guruhini belgilab olishi darkor”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Gamaleya nomidagi Epidemiologiya va mikrobiologiya markazida ishlab chiqilgan vaksina ro‘yxatdan o‘tkazildi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma’lum qildi. U vaksina samarali ekanligi, shuningdek, qizlaridan biri ushbu vaksina bilan emlanganini aytgan, biroq aynan qaysi qizi ekanligiga to‘xtalib o‘tmagan. Vaksina u yaratilgan markaz, shuningdek, Zelenograddagi “Binnofarm” kompaniyasi tomonidan, keyinchalik esa boshqa korxonalarda ham ishlab chiqariladi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2020, 13:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют