» » Moda birinchi navbatda ertaknamo soha ekanligini eslatuvchi mashhur livanlik dizaynerlar (foto)

Moda birinchi navbatda ertaknamo soha ekanligini eslatuvchi mashhur livanlik dizaynerlar (foto)


Livan poytaxti Bayrutda 4-avgust kuni yuz bergan portlash oqibatida 170 dan ortiq odam halok bolgan, mingga yaqin insonlar jarohatlangan va 15 milliard dollarlik zarar yetgan. Boshqa soha vakillari singari livanlik dizaynerlar ham mazkur mudhish voqeadan aziyat chekkan, atelyelari xarobaga aylangan. Gollivud yulduzlarining sevimli brendi bolgan Elie Saabning shtab kvartirasi, Zuhair Muradning arxiv materiallari shular jumlasidan. Harpers Bazaar moda sanoatini allaqachon zab etishga ulgurgan livanlik mashhur dizaynerlar haqida malumot elon qiladi.

Sandra Mansour

Yaqingacha Sandra Mansur, kelin liboslari brendi sifatida malum bolgan. Aslida Sandraning pret-a-porter kolleksiyasidan yorqin, kutilmagan detallar bilan bezatilgan, klassik uslubda bolmagan kiyimlar orin olsa-da, Gannover malikasi, uchun tamoman ozgacha uslubda tikilgan libos barchani hayratga solgan.

Bugungi kunda esa SandraH&M brendi bilan hamkorlik qilgan ilk arab brendi sifatida yaxshi malum. Ikki mashhur brend tomonidan birgalikda yaratiladigan kolleksiya, 2020-yil yozning songida taqdim qilinadi. Kolleksiya, romantik uslubdagi burmali liboslar, yubka va futbolkalarni oz ichiga oladi.

Elie Saab

Elie Saab hashamatli va dabdabali liboslar dizayneri sifatida yaxshi malum. Mashhur taqdirlash marosimi va podium va ziyofatlarni, ushbu dizayner tomonidan tikilgan liboslarsiz tasavvur qilib bolmaydi.

Anjelina Joli, Nikol Kidman, Iordaniya qirolichasi Raniya va Fransiyaning birinchi xonimi Brijit Makron ushbu brendning muxlisi hisoblanadi. Gozallikni oziga xos ravishda koradigan Saab, 2003-yildan buyon fransuz yuqori moda sindikati haute couture moda haftaliklarida kolleksiyalarini rasman taqdim etib keladi.

Zuhair Murad

Zuhair karyerasini 1997-yil Bayrutda shaxsiy atelye ochishdan boshlagan. 20 yildan ortiq faoliyati davomida u Parij moda haftaligining doimiy ishtirokchisiga aylangan.

Uning pret-a-porter liboslari hashamatli shu bilan birga fantaziyaga erk berilgan holda tikilgan bolib, yuzlab yulduz va gozal ayollar uchun allaqachon sevimli bolishga ulgurgan. Bundan tashqari keng hajmli, qirollik liboslarini esga soladigan kelinlik liboslarini xush koradiganlar uchun dizayner ijod mahsuli eng yaxshi variant.

Rabih Kayrouz

Moda tanqidchisi Syuzi Menkes Rabihni Dekoratorlar olamining arxitektori, deb atagan. Dizayner liboslariga nazar tashlab uning tugma istedod egasi degan xulosaga kelish mumkin. Ayni vaqtda kutyur bilan shugullanmaydigan oziga xos did egasi, 2003-yilda yuqori moda uchun moljallangan liboslar taqdim qilishni toxtatgan.

Shundan keyin kundalik hayot uchun moljallangan yorqin, kayfiyatni kotaradigan ranglar mujassam bolgan liboslar taqdim qila boshlagan. Uning yozgi toplamida neonli qulay kostyumlar, sohilda kiyish uchun moljallangan, sariq chiziq, quyosh printi tushirilgan koylak-liboslarni korish mumkin.

Reem Acra

Dizayner moda olamiga kirib kelishi oziga xos bolgan. U dugonasi bilan uch hafta ichida kim mukammalroq kelinlik libosini tikib tugatish ustida bahs boglagan. Bahsda Akra golib chiqadi va ozi tomonidan yaratilgan libosni nikoh marosimida kiygan baxtdan masrur kelin suratini New York Timesga yuboradi va kop otmay surat gazetada chop etiladi. Shundan keyin uning dizaynerlik karyerasi boshlanadi.

Bugungi kunda u nafaqat kelinlik liboslari kolleksiyasi, balki bashang va tantanalarga kiyish uchun moljallangan liboslarni ham yaratadi. Dizayner ijod mahsuli bolgan bu kabi liboslarda Beyonse, Madonna, Teylor Sviftlar bir necha marta namoyon bolgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
: admin (14-08-2020, 15:41)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 2) ( 0) ( 1) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -