» » Otabek Umarov Triatlon federatsiyasi raisligi va MMA assotsiatsiyasi prezidentligidan ketdi

Otabek Umarov Triatlon federatsiyasi raisligi va MMA assotsiatsiyasi prezidentligidan ketdi


O‘zbekiston triatlon federatsiyasi raisi hamda mamlakat MMA assotsiatsiyasi prezidenti sifatida faoliyat yuritib kelgan Otabek Umarov mazkur tashkilotlar rahbarligidan ketayotganligini “Kun.uz”ga bergan intervyusida ma’lum qilgan.

“Men O‘zbekistonda ko‘p ham mashhur bo‘lmagan sport turlari nafaqat munosib tarzda ommalasha boshlagani, yoshlar o‘rtasida ma’lum bir nufuzga ega bo‘lgani bilan juda faxrlanaman. Hamfikr jamoa bilan juda ko‘p ishlar qildik, hali qilinadigan ishlar ham talaygina. Ularga erishish uchun bu tashkilotlarda ishlangan rejalar ham, zarur resurslar ham mavjud.

Fursatdan foydalanib, bugun juda ko‘p o‘ylanib chiqargan qarorim haqida aytishga jazm qilmoqdaman. Bu qarorga kelishim oson bo‘lgani yo‘q — Triatlon federatsiyasi va Aralash jang san’ati assotsiatsiyasi rahbarligida o‘tkazgan vaqtim mobaynida mamlakatimizning chinakam faxrlari hisoblanadigan iqtidorli va istiqbolli sportchilarga juda bog‘lanib qolgan edim.

Hayot doimo oldimizga yangidan yangi chaqiriqlar qo‘yadi: joriy yil esa chaqiriqlar tasavvur etib bo‘lmas darajada ham bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatmoqda. Mamlakatimiz, butun xalqimiz butun dunyoni boshi berk ko‘chaga qamab qo‘ygan tahdid bilan to‘qnash keldi.

O‘z-o‘zidan, ayni paytda ro‘baro‘ bo‘lib turgan qiyinchiliklarni yengish uchun har birimizdan bor kuch-g‘ayratimizni sarf etish talab etiladi. Paydo bo‘lgan vaziyatda davlat xizmatini olib borish, jamoatchilik xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq vazifalar prinsipial yangi xarakter kasb etishi va misli ko‘rilmagan mas’uliyat darajasi talab qilishini yaxshi tushunib turibman. Bu menda sport tashkilotlarida egallab turgan lavozimini tark etishdan o‘zga tanlov qoldirmayapti”, — deydi Otabek Umarov.

Otabek Umarov bu lavozimlardan ketishini vaqt kamligi bilan izohlagan: “Triatlon federatsiyasi ham, MMA assotsiatsiyasi ham vaqt va e’tibor talab qiladi, yangi sharoitlarda esa men buni kafolatlay olmayman.

Mening o‘rnimga keladigan insonlar O‘zbekistonda triatlon va MMA pozitsiyalarini mustahkamlash, sog‘lom hayot tarzi va muvaffaqiyatga yo‘nalgan sport targ‘iboti tomon harakatni davom ettirishadi deb niyat qilib qolaman.

Hurmatli delegatlar men uchun qadrli bo‘lgan tashkilotlarni boshqarish uchun tayinlashga kimni loyiq deb topishmasin, ular mening qo‘llab-quvvatlashimga ishonishlari mumkin, chunki men milliy sportning qizg‘in muxlisi va elchisi bo‘lib qolaveraman”.

Federatsiya raisligi va assotsiatsiya prezidentligiga nomzodlar haqida savolga esa quyidagicha javob berilgan: “Jamoa nomzodlar tanlagan, albatta. Kimlarning nomzodlari ko‘rib chiqilayotganini delegatlarimiz ularni ovoz berish yo‘li bilan tayinlab, rasman e’lon qilinguncha sir saqlaymiz”.

Ma’lumot uchun, Otabek Umarov O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning kenja kuyovi hisoblanadi. U 2019-yilning 7-martida O‘zbekiston Triatlon federatsiyasiga rais bo‘lgandi. 2019-yil 8-noyabrida esa yangi tashkil etilgan  O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi prezidentiga aylangandi. Shuningdek, 2020-yil 9-fevralida uning yangi tuzilgan O‘rta Osiyo MMA konfederatsiyasi rahbariga aylangani haqida xabar berilgandi. Umarovning bu tashkilot rahbarligidan ketgani yoki ishlashda davom etishi haqida ma’lumot berilmagan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2020, 15:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют