» » Arturo Vidal: “Levandovski boshqalarga o‘xshamaydi. Biroq Messi boshqa sayyoradan”

Arturo Vidal: “Levandovski boshqalarga o‘xshamaydi. Biroq Messi boshqa sayyoradan”


“Barselona” yarim himoyachisi Arturo Vidal klubdagi jamoadoshi Lionel Messini “Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski bilan taqqosladi.

“Levandovski — boshqalarga o‘xshamaydi, u charchamaydi va juda xavfli futbolchi. Uning qanday ulg‘ayganini ko‘rganman. Uni to‘xtatish juda qiyin bo‘ladi. Ammo uni Messi bilan taqqoslab bo‘lmaydi, chunki Leo boshqa sayyoradan”, — deydi Vidal.

Eslatib o‘tamiz, Chempionlar Ligasi yarim finalidan o‘rin olgan “Barselona” — “Bavariya” uchrashuvi 14-avgust kuni Portugaliyaning Lissabon shahrida (soat 00:00 da) bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga doir: 

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2020, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют