» » Asakada “Chernobil” fojiasi qatnashchisi IIB xodimini pichoqlab qo‘ydi (video)

Asakada “Chernobil” fojiasi qatnashchisi IIB xodimini pichoqlab qo‘ydi (video)


Andijon viloyati Asaka tumanida er-xotin janjalini bartaraf qilishga kelgan IIB xodimiga pichoq orqali jarohat yetkazildi. Bu haqda Zo‘r TV telekanalida ma’lum qilindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2-avgust kuni soat taxminan 15:00 larda Asaka tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro uyiga mast holatda kelib, turmush o‘rtog‘i bilan janjal ko‘targan. Ayol qo‘shnisinika qochib chiqib, IIB xodimlarini yordamga chaqirgan. Hudud profilaktika inspektori voqea joyiga yetib kelib, spirtli ichimlik ta’sirida bo‘lgan fuqaroni tartibga chaqirishga urinadi. Ammo fuqaro xodimning so‘zlariga quloq solmay qarshilik ko‘rsatgan, IIB xodimi unga kishan taqayotganida darvozaxonadagi pichoq bilan uning qo‘liga tan jarohati yetkazadi.

Voqeadan xabar topgan qo‘shnilar jabrlangan inspektorni shifoxonaga olib ketadi, yo‘lda xodim mazkur holat bo‘yicha o‘z hamkasbiga xabar beradi. Ikkinchi inspektor hodisa joyiga kelib, pichoq ko‘targan shaxsni IIB idorasiga olib ketgan.

Mazkur fuqaroning yoshi, oilaviy ahvoli, “Chernobil” fojiasida qilgan xizmatlari inobatga olinib, unga nisbatan ehtiyot chorasi — qamoq qo‘llanilmagan.

“Nerv buzilib qolganda… Miyada sanchishlar boshlangach, nima qilayotganimni o‘zim ham bilmay qolaman. Boshqa spirtli ichimlikni og‘zimga olmayman, qilgan ishimdan afsusdaman, pushaymonman”, — deydi erkak.

Mahalla raisining so‘zlariga ko‘ra, oila avvaldan janjalkash oilalar ro‘yxatida turgan va bir necha bor IIB xodimlari tomonidan tushuntirish ishlari olib borilgan.

Hozirda viloyat ko‘p tarmoqli oilaviy poliklinikasida davolanayotgan profilaktika inspektori shifokorlar nazoratida. Holat yuzasidan Asaka tuman prokuraturasi tergov va surishtiruv harakatlarini olib bormoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2020, 16:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют