» » Habib Nurmagomedov faoliyatini yakunlaydimi? Sportchining o‘zi javob berdi

Habib Nurmagomedov faoliyatini yakunlaydimi? Sportchining o‘zi javob berdi


UFC’ning yengil vazndagi chempioni Habib Nurmagomedov otasi Abdulmanap Nurmagomedovning vafotidan so‘ng ilk bor press-konferensiyada ishtirok etdi. U jurnalistlarning faoliyatini yakunlash haqidagi savoliga quyidagicha javob berdi.

Miyaga har xil fikrlar keladi: menga jang berishdi, unga tayyorgarlik ko‘ryapman. Uzoq muddatli rejalar tuzmayman. Sentabrda 32 yoshga to‘laman. Bu esa kichik yosh emas. Agar MMA’da qanchadan beri faoliyat olib borayotganimga e’tibor berilsa, ushbu sport turidagi veteranlardan ekanligim ko‘rinadi. Axir 2008-yil yozidan beri shu sport ichidaman. Agar faoliyatimni yakunlashga qaror qilgan taqdirimda ham ortimda yaxshigina faoliyat borligi ma’lum. Ammo men yana jang qilishni xohlayapman. Yana nimalardir bilan mashg‘ul bo‘lishni istayman. Bu yil esa men uchun 100 foiz mashg‘ulot rejimida o‘tadi deb umid qilaman. Bu atrofimda sodir bo‘layotgan voqeliklar va barcha yangiliklardan chalg‘ishimga yordam beradi.

Habib Nurmagomedov, UFC chempioni

Ma’lumot uchun, Habib Nurmagomedov MMA’da hozirga qadar 28 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. U o‘zining navbatdagi jangini UFC’ning yengil vazndagi vaqtinchalik chempioni Jastin Getjiga qarshi o‘tkazadi. Jang 24-oktabrda bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga doir: Habib Nurmagomedov: Agar menda jarohat bo‘lmasa, doim mashg‘ulotlar zalidaman



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2020, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют