» » Artel kompaniyasi Gruziyadagi Gorgia bilan hamkorlik qilishni boshladi

Artel kompaniyasi Gruziyadagi Gorgia bilan hamkorlik qilishni boshladi


Artel kompaniyasi chet el bozorlarini zabt etishni faol davom ettirmoqda. Korxonaning yangi hamkori – Gruziyadagi Gorgia qurilish gipermarketlar tarmog‘i. Endilikda yurtimizda ishlab chiqariluvchi sifatli maishiy texnikani Gruziyada ham xarid qilish mumkin.

Gorgia kompaniyasi Gruziya bozorlarida 1998-yildan beri faoliyat yuritadi. Bugungi kunda gipermarketlar tarmog‘i Gruziyaning Tbilisi, Batumi, Kutaisi, Telavi, Zugdidi hamda Marneuli shaharlarida mavjud.

Artel kompaniyasi Gorgia bilan joriy yilning may oyida hamkorlik qilishni boshladi. Kompaniyalar 10 mln AQSh dollari miqdorida maishiy texnikani Gruziyaga yetkazib berish to‘g‘risida shartnoma imzolashdi. Shartnoma bo‘yicha iyun—iyul oylarida 125 ming AQSh dollari miqdoridatelevizorlar, dudburonlar, changyutgichlar, mikroto‘lqinli pechlar va sovutgichlar kabi maishiy texnika Gruziyaga eksport qilindi.

Chet el bozorlarida mustahkam joy egallash xalqaro aloqalarni kuchaytirish va iqtisodiyotni jadal rivojlantirishning asosiy omillaridan biridir. Eksport hududini kengaytirish nafaqat Artel kompaniyasi, balki mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojlanishiga ham o‘z hissasini qo‘shadi. Bugunda kompaniya mahsulotlari O‘zbekistondan tashqari 9 mamlakat aholisining hurmatiga sazovor bo‘lgan. Artel kompaniyasi eksport hududini muntazam kengaytirishni rejalashtirgan. Yaqin kunlarda Artel kelgusi yirik hamkori haqida e’lon qiladi.

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2020, 18:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 25) ( 0) ( 22) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют