» » Shohona hashamat: Qirol va sultonlarning to‘ylari qay tarzda nishonlanadi? (foto)

Shohona hashamat: Qirol va sultonlarning to‘ylari qay tarzda nishonlanadi? (foto)


Ayrim mamlakatlarda qirollarning oila qurish marosimi urf-odatlarga ko‘ra o‘tkaziladi. So‘nggi bir necha yillar ichida oq ko‘ylak, ajoyib dekoratsiya va baxtli kelin-kuyov – hayratga soluvchi nikoh to‘ylari bo‘lib o‘tdi. Quyida qirollar va sultonlarning eng esda qolarli to‘y marosimlari haqida so‘z yuritiladi.

2017-yil 8-iyulda Gannover qiroli, qirollik uyining valiahd shahzodasi Ernst Avgust 31 yoshli dizayner Yekaterina Malishovaga uylandi. Afsuski, qirolning otasi Ernst V Avgust to‘yga kelishni rad etgan, sababi o‘g‘lining turmush o‘rtoq borasidagi tanlovi uni ranjitgan edi. Hatto buni barchaga namoyish etishdan ham tortinmadi.

2016-yil 27-iyunda 24 yoshli maharaja Yaduvir Krishnatta Chamaraja Vodiyar Dungapur (Shimoliy Rojaston) knyazligidan 22 yoshli qirolicha Tirishike Kumari Sinxga uylandi. Diniy nikoh marosimiga 1000 dan ortiq kishi tashrif buyurdi va bundan ham ko‘proq mehmonlar 5 kunlik to‘y tantanalariga taklif etilgan.

2017-yil 8-iyul kun florensiyalik malika, zodagon Guichchardini oilasining merosxo‘ri Natalya Strozzi Mariin teatrining sobiq solisti Kiyevda istiqomat qiluvchi Roman Lyulkin bilan oila qurdi.

Vertxaymda qirolicha Sofiya Levenshteyn Vertgeym-Froydenberg va graf Konstantin Fugger fon Babenxauzena turmush qurdi.

Myunxen yaqinida Andeks abbatligidagi Benedikt monastrida Bavariya shahzodasi Genrix va uning rafiqasi Genriyetta Gruz.

2016-yil 18-iyunda malika Aliks de Lin va graf Giyom Damper.

2016-yil 12-aprelda Bruney sultoni va uning xotini Solihaning ikkinchi o‘g‘li Abdul-Malik oila qurdi. 31 yoshlik shahzoda Abdul-Malik o‘zining uzoq qarindoshi Dayanku Raabi’atul ’Adaviya Pengirin Xaji Bolkiaxga uylandi. Yosh qirolichaning kasbi dasturchi, lekin u to‘ydan keyin ishlash fikridan qaytganligini e’lon qildi.

Venchaniya qiroli Maksimilian su Sayn-Vitgenshteyn-Berleburg va Fransiski Baltser. Kelinning kasbi iqtisodchi bo‘lib, turmush qurgan vaqtda Siemens kompaniyasida ishlagan.

Shved shahzodasi Karl Filipp va Sofii Xellkvist. Ushbu nikohni 2015-yilning “yilning qirollik to‘yi” deb nomlashgan.

2014-yilning 13-sentabrida malika Mariya Tereza fon Turn und Taksis va britaniyalik mashhur rassom Ugo Uilsonning nikoh to‘yi bo‘lib o‘tdi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2020, 18:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 48) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют