» » Shavkat Mirziyoyev Jizzaxda neftni qayta ishlash majmuasi qurilishiga tamal toshini qo‘ydi

Shavkat Mirziyoyev Jizzaxda neftni qayta ishlash majmuasi qurilishiga tamal toshini qo‘ydi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Zafarobod tumaniga tashrif buyurdi. Tumanning “Chimqo‘rg‘on” qishloq fuqarolar yig‘ini hududida Jizzax neftni qayta ishlash majmuasi qurilishiga tamal toshi qo‘yish marosimi bo‘ldi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Energetika sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarga muvofiq, Jizzax viloyatida zamonaviy neftni qayta ishlash kompleksi barpo etiladi. Qiymati 2,2 milliard dollar bo‘lgan loyiha yiliga 5 million tonna neft xomashyosini qayta ishlash imkonini beradi.

Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘iston va Rossiyaga davlat tashriflarida olib borilgan samarali muzokaralar natijasida majmua uchun xomashyo yaqinda barpo etiladigan neft quvuri orqali yetkazib kelinadi. Bu energiya resurslarini yetkazish xarajatlarini keskin kamaytiradi va loyihaning iqtisodiy samaradorligini oshiradi. Majmuaning geografik joylashuvi ishlab chiqarilgan mahsulotni mamlakatning barcha hududlariga va eksportga minimal xarajatlar bilan yetkazish imkoniyatini ta’minlaydi.

Zavodda uglevodorod xomashyosini chuqur qayta ishlash bo‘yicha eng zamonaviy, ekologik va energetik jihatdan samarador texnologiyalar o‘rnatiladi. Ular asosida jahon standartlariga javob beradigan motor va aviatsiya yoqilg‘isi, benzol, mazut, bitum va boshqa neft mahsulotlari ishlab chiqariladi.

Aviatsiya kerosini ishlab chiqarish miqdorini oshirish havo kemalarning parvoz geografiyasini sezilarli darajada kengaytirish, yetakchi xorijiy aviakompaniyalar bilan muvaffaqiyatli hamkorlik orqali yo‘lovchi va yuk samolyotlarining tranzit reyslarini oshirish bilan bir qatorda mamlakat aviatsiya sohasini yanada rivojlantirish imkonini beradi.

Majmuaning ishga tushirilishi 2 mingdan ziyod, iqtisodiyotga aloqador va xizmat ko‘rsatish tarmoqlarida qo‘shimcha 14 mingdan ortiq kishining bandligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Majmuaga tantanali ravishda tamal toshi qo‘yildi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (27-04-2017, 13:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют