» » Aziz Abduhakimov Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birga Bo‘stonliq tumaniga ham rahbarlik qiladi

Aziz Abduhakimov Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birga Bo‘stonliq tumaniga ham rahbarlik qiladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14-avgust kuni Bo‘stonliq tumanida turizm salohiyatini kengaytirishga doir loyihalar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbirda noqonuniy faoliyat ko‘rsatayotgan subyektlarni aniqlash va ularni ro‘yxatdan o‘tkazish borasidagi ishlar bo‘yicha ham ma’lumot berildi.

Qayd etilishicha, Bo‘stonliq tumanida soliq solish obyektlarini hisobga olishni soddalashtirish maqsadida “orom.uz” mobil ilovasi va yagona elektron platforma ishlab chiqildi. Bu platforma orqali 3700 dan ortiq ijarachi ro‘yxatga olindi. Bundan tashqari, qo‘shimcha tayanch punktlari tashkil etilib, 16 mingdan ziyod obyekt xatlovdan o‘tkazildi. Bular natijasida soliq tushumi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan deyarli 3 baravarga oshgan.

Bo‘stonliq tumanida yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish va ta’mirlash bo‘yicha ham qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, avtomobil yo‘llari ta’mirlandi, yerosti suvlarini qochirish maqsadida drenaj quvurlari o‘rnatildi, 10 kilometrdan ortiq piyodalar yo‘lakchalari qurildi.

Prezident yo‘llarni puxta o‘ylangan, tejamkor loyihalar asosida qurish va ta’mirlash zarurligini ta’kidladi.

Sayyohlar oqimining ko‘payishi chiqindilarni oqilona boshqarishni ham talab etadi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, Bo‘stonliq tumanida kuniga o‘rtacha 102 tonna maishiy chiqindi hosil bo‘ladi. Dam olish madaniyati pastligi tufayli ular ko‘pincha yig‘ishtirilmay, tabiat qo‘yniga tashlab ketiladi.

Bu muammoni bartaraf etish, hududni tozalash tizimini takomillashtirish maqsadida chiqindi yig‘ish punktlari va tashuvchi texnikalarni ko‘paytirib, ekoinspeksiya nazoratini yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilmoqda. Buning natijasida hudud 100 foiz sanitariya tozalash xizmatlari bilan qamrab olinadi. Tashrif buyuruvchilarning ekologiya va atrof-muhit muhofazasi talablariga rioya etishlari ustidan doimiy nazorat yuritiladi.

Shuningdek, Bo‘stonliq tumanida ichimlik suvi va kanalizatsiya tarmoqlarini yaxshilash bo‘yicha ham ishlar olib borilmoqda. Yil boshidan buyon 7,6 kilometr ichimlik suvi quvuri, nasos va suv minoralari qurilgan. Kelgusi ikki yilda 36 kilometr ichimlik va 3,5 kilometr oqova suv quvuri, 10 ga yaqin suv va kanalizatsiya inshooti barpo etilishi rejalashtirilgan.

Tumanda elektr ta’minotini yaxshilash masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Prezident mavjud elektr tarmoqlarini ta’mirlash bilan birga suv, shamol va quyosh energiyasi manbalarini bunyod etish, turistik obyektlar energiya ehtiyojining katta qismini shular hisobidan ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Tog‘ yonbag‘irlarida, o‘rmon va suv fondi yerlarida yengil konstruksiyali ko‘chma dam olish maskanlarini tashkil etish loyihasi ham muhokama qilindi.

Davlat rahbari tomonidan hududni to‘liq turistik zona sifatida rivojlantirish va rejadagi loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish maqsadida bosh vazir o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisiga parallel ravishda yangi tajriba tariqasida Bo‘stonliq tumaniga rahbarlik vazifasini bajarishni yuklatish taklifi bildirildi.

Taqdimotda keyingi ikki yilda sayyohlik o‘rinlari va xizmat turlarini ko‘paytirish natijasida hududning turizm salohiyatini 2 barobar ortishini ta’minlash vazifasi qo‘yildi.

Eslatib o‘tamiz, Aziz Abduhakimov Samarqand shahridagi “Ipak yo‘li” xalqaro turizm universiteti rektori ham hisoblanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2020, 19:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют