» » Shimol oq karkidonlari turini saqlab qolish uchun dunyoda bitta qolgan erkak karkidonning tanishuvlar dasturida sahifasi ochildi

Shimol oq karkidonlari turini saqlab qolish uchun dunyoda bitta qolgan erkak karkidonning tanishuvlar dasturida sahifasi ochildi


Tinder nomli mashhur tanishuvlar dasturida Sudan nomli erkak shimol oq karkidoniga sahifa ochildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

“Eng ko‘p havas keltiradigan bo‘ydoq” deb ham ataluvchi Sudanning profilidagi ma’lumotlar bo‘limiga uning yoshi 43, bo‘yi 180 santimetr, og‘irligi ikki tonna deb kiritildi. Ko‘katlarni chaynash va balchiqda yotish uning sevimli mashg‘ulotlari sifatida qayd etildi. Bo‘ydoq karkidon Keniyadagi qo‘riqxonada “istiqomat qiladi”.

Qayd etilishicha, Sudanning tanlovi juda chegaralangan: uning turida dunyoda faqatgina ikkita urg‘ochi karkidon bor. Biroq Sudan ular bilan ham juftlasha olmaydi: buning uchun erkak karkidon jangda urg‘ochining ustidan g‘alaba qozonishi lozim, ammo Sudan yutish uchun qarilik qiladi. Agar ular nasl qoldira olmasa, ushbu turdagi karkidonlar butunlay yo‘qolib ketadi. Bugungi kunda ushbu karkidonlar sutka davomida qurollangan maxsus xizmat xodimlari tomonidan nazorat ostida bo‘lib turibdi.

Mavzuga doir: Ular uchta qoldi: shimol oq karkidonlari turining so‘nggi vakillari (foto)

Ushbu turdagi karkidonlarni saqlab qolish uchun faqatgina sun’iy urug‘lantirish yordam berishi mumkin. Biroq u juda qimmat jarayon sanaladi.

140 milliondan ziyod foydalanuvchiga ega Tinder tanishuvlar dasturidagi aksiya ham odamlarga karkidon haqida ma’lumot tarqatib, tezroq pul to‘plash maqsadida tashkil etildi.

Agar karkidon foydalanuvchilarga “yoqsa”, ularga xayriya uchun ma’lumotlar taqdim etiladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (27-04-2017, 13:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 120) ( 0) ( 118) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют