» » “Toshshahartransxizmat” poytaxtda jamoat transporti va metropoliten faoliyati nima sababdan 15-avgustdan qayta tiklanishiga izoh berdi

“Toshshahartransxizmat” poytaxtda jamoat transporti va metropoliten faoliyati nima sababdan 15-avgustdan qayta tiklanishiga izoh berdi


Toshkent shahridagi jamoat transportining barcha turlari, shu jumladan, Toshkent metropolitenining yerosti qismi hamda yo‘nalishli taksilar 15-avgustdan o‘z faoliyatini qayta tiklaydi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” kompaniyasi ma’lum qildi.

Respublika maxsus komissiyasining 12-avgustdagi qarori bilan mamlakatning barcha hududlarida jamoat transporti faoliyatiga 17-avgustidan ruxsat berilishi ma’lum qilingandi.

Kompaniya tomonidan xabar berilishicha, keng jamoatchilikning talabidan kelib chiqib 17-avgust emas, balki 15-avgustdan jamoat transportining barcha turi, shu jumladan, Toshkent metropoliteni hamda yo‘nalishli taksilar ham o‘z harakatini boshlaydi. Jamoat transportidagi harakatlanishda har taraflama karantin talablari rioya etilishi qat’iy nazoratga olinadi.

Shuningdek, Toshkent shahridan Toshkent viloyati hududiga chiquvchi barcha avtobus yo‘nalishlari faoliyati ham qayta tiklanadi.

Avvalroq Toshkent metropoliteni 15-avgustdan qayta ish boshlashi haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi bosh inspektori Nurmat Otabekov metrolardagi umumiy ventilyatsiya tizimi koronavirus infeksiyasi tarqalish xavfini oshirishi sababli ularning harakatlanishiga ruxsat berilmayotganini aytgandi.

Mavzuga doir: Tadqiqotchilar koronavirusning avj olishi va jamoat transporti harakati o‘rtasida hech qanday bog‘liqlik topmadi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2020, 20:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют