» » “Manchester Siti” “Napoli” futbolchisi uchun 63 mln yevro taklif qildi

“Manchester Siti” “Napoli” futbolchisi uchun 63 mln yevro taklif qildi


“Napoli” himoyachisi Kalidu Kulibali faoliyatini Angliya chempionatida davom ettirishi mumkin.

Italiyalik jurnalist Tankredi Palmerining xabar qilishicha, “Manchester Siti” 29 yoshli senegallik futbolchi uchun 63 million yevro taklif qilgan.

Italiyaliklar klubi futbolchi bilan xayrlashishga tayyor, biroq buning uchun “shaharliklar” taklifga yana bir necha million qo‘shishiga to‘g‘ri keladi.

Avvalroq Kulibaliga “Manchester Yunayted”, “Liverpul” va PSJ jamoalaridan qiziqish bo‘layotgani xabar qilingandi.

Kalidu “Napoli”da 2014-yildan buyon to‘p surib keladi. 2019/20-yilgi mavsumda himoyachi A Seriyada 25 ta o‘yin o‘tkazdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2020, 20:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 5) ( 0) ( 2) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют