» » O‘zbekistonda 2020/2021-o‘quv yilida kunduzgi shaklda o‘qiydigan barcha talabalarning kontrakt puli 10 foizga kamaytiriladi

O‘zbekistonda 2020/2021-o‘quv yilida kunduzgi shaklda o‘qiydigan barcha talabalarning kontrakt puli 10 foizga kamaytiriladi


O‘zbekistonda pandemiya sharoitida aholining to‘lov qobiliyati pasayishi hisobga olinib, farzandi to‘lov-shartnoma asosida o‘qiydigan oilalarga qator yengilliklar berildi. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi pandemiya davrida kontrakt narxlari borasida kelib tushgan murojaatlarni inobatga olib, Moliya vazirligi bilan birga takliflar ishlab chiqdi.

Unga ko‘ra, 2020/2021-o‘quv yilida amaldagi bazaviy to‘lov-kontrakt miqdori uchun kunduzgi shaklda o‘qiydigan barcha talabalarga 10 foiz chegirma beriladi.

OTMlar tomonidan yetim, chin yetim, nogiron bo‘lgan talabalarga hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj, “temir daftar” ro‘yxatidagi oilalar farzandlari bo‘lgan talabalarga kontrakt to‘lovlarini qoplash uchun manzilli moddiy yordam ko‘rsatiladi. Bunda OTMlar mavjud mablag‘lari hisobidan talabalarning ijtimoiy holatidan kelib chiqib, 4 million so‘mgacha moliyaviy yordam ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Qurolli kuchlar safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan va OTMlarda to‘lov-kontrakt shakli asosida o‘qiyotgan 4 ming nafardan ziyod talabaga shartnoma miqdorining 35 foizini to‘lash orqali moddiy yordam ko‘rsatiladi. Ushbu moddiy yordam bir talabaga bir yilda 2,4 million so‘mdan 3,4 million so‘mgacha miqdorni tashkil etadi.

Qo‘shimcha qilinishicha, OTMlarda ta’lim olish (o‘zining, 26 yoshga to‘lmagan farzandlarining yoki erining (xotinining) ta’lim olishi) uchun to‘lovlarga yo‘naltiriladigan, soliq solinishi lozim bo‘lgan ish haqi va boshqa daromadlari daromad solig‘idan ozod qilingan bo‘lib, bunda bir nafar talaba uchun kontrakt to‘lagan oilaga bir yilda 770 000 so‘mdan 1 177 000 so‘mgacha mablag‘ daromad solig‘idan imtiyoz shaklida qaytadi.

To‘lov-shartnoma asosida o‘qiydigan talabalarga shartnoma shartlarini bajarishda beriladigan chegirmalar hisobiga davlat budjetiga ortiqcha yuk tushmasligi uchun oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoniga tegishli xarajatlar normativlari qayta ko‘rib chiqiladi hamda ularda qo‘shimcha ta’lim xizmatlarni ko‘rsatish hisobiga budjetdan tashqari mablag‘larni jalb qilish orqali chegirma xarajatlarini qoplash choralari ko‘riladi.

Avvalroq oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov OTMlarda 2020-yilda kontrakt miqdori o‘zgartirilmasligini, biroq kamayishi mumkinligini aytgandi.

Mavzuga doir: O‘zbekistondagi 35 ta universitetda birinchi o‘quv yili kredit-modul tizimi asosida olib boriladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2020, 20:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют