» » Toshkent viloyatida 23 785 ta ehtiyojmand oilaga 19,6 mlrd so‘m yordam puli tarqatildi

Toshkent viloyatida 23 785 ta ehtiyojmand oilaga 19,6 mlrd so‘m yordam puli tarqatildi


O‘zbekiston Prezident farmoniga asosan “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi orqali respublika budjetidan ijtimoiy himoyaga muhtoj va ehtiyojmand oilalarga bir martalik moddiy berish doirasida Toshkent viloyatidagi 22 ta tuman va shaharda “temir daftar”ga kiritilgan oilalarga ham moddiy yordam pullari deyarli tarqatib bo‘lindi. Bu haqda Toshkenti viloyati hokimligi axborot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Xabar berilishicha, viloyat bo‘yicha jami 34 972 ta xonadon “temir daftar”ga kiritilgan bo‘lib, ulardagi oila a’zolari soni 151 ming nafardan ortiqni tashkil etadi. Eng ko‘p ehtiyojmandlar soni Yangiyo‘l tumani hissasiga to‘g‘ri keladi. Respublika budjetidan Toshkent viloyati uchun ajratilgan mablag‘ miqdori 20,8 milliard so‘mni tashkil etadi. 2020-yilning 13-avgust kuni holatiga ko‘ra, ushbu mablag‘dan 19,6 milliard so‘mi 23 785 ta oilaga tarqatib bo‘lingan.

Tuman va shaharlar miqyosida olinsa, Bo‘stonliq, Bekobod, Bo‘ka, Yuqori Chirchiq, Angren, Chinoz, Zangiota, Toshkent, Qibray, Oqqo‘rg‘on, O‘rta Chirchiq tumanlari, Ohangaron, Yangiyo‘l, Nurafshon, Olmaliq, Bekobod shaharlarining barcha sektor rahbarlari tomonidan “temir daftar”ga kiritilgan jami ehtiyojmand oilalarga mablag‘lar to‘liq to‘lab berilgan.

Hokimlik tomonidan qayd etilishicha, qolgan hududlar ham tez kunlarda rejani to‘liq bajarishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Qurbon hayiti bayrami arafasida respublika budjetidan “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi orqali 150 ming oila 1 million so‘mdan moddiy yordam olgandi. Shuningdek, 15-avgustgacha 400 mingdan ko‘proq oilaning har bir a’zosi uchun 220 ming so‘mdan pul miqdori belgilangan. Keyinroq yana 150 mingdan ortiq oila moddiy yordam olishi ma’lum bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2020, 21:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют