» » “Niqobni bahorgacha yechmaymiz” — epidemiolog koronavirus sharoitida yashash haqida

“Niqobni bahorgacha yechmaymiz” — epidemiolog koronavirus sharoitida yashash haqida


Koronavirusga va boshqa o‘tkir respirator kasalliklarining oldini olish va ularga qarshi kurashish uchun niqob taqishni 2021-yilning bahorigacha davom ettirish kerak. Bu fikrni Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti mas’ul xodimi Jamila Rahmonova “O‘zbekiston 24” telekanaliga ma’lum qildi.

Uning fikricha, bu kasalliklar bo‘yicha profilaktika tadbirlari o‘zgarmaydi. Niqob taqish nafaqat O‘zbekistonda, balki butun dunyoda hayot tarziga aylandi.

“Niqobni yechmaymiz hali. Menimcha, bahorgacha yechmasak yaxshi bo‘lardi”, — dedi Jamila Rahmonova.

Uning qayd etishicha, ijtimoiy masofani saqlagan holda nafaqat koronavirus, balki yuqori nafas yo‘llari kasalliklarining ham oldini olish mumkin.

Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining yana bir mas’ul xodimi Shahlo Saidazimovaning ta’kidlashicha, koronavirus sharoitida yashash va u bilan “muomala qilish” uchun ba’zi qadriyatlarni o‘zgartirish kerak.

Uning fikricha, niqoblarning turini, ranglarini, materiallarini ko‘paytirish kerak. Niqob ham kishilar garderobining bir elementi bo‘lib qolishi kerak.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2020, 23:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют