» » O‘zbekistonda faoliyatini qayta tiklayotgan jamoat transportida niqobsiz yurganlarga nisbatan qat’iy choralar ko‘riladi

O‘zbekistonda faoliyatini qayta tiklayotgan jamoat transportida niqobsiz yurganlarga nisbatan qat’iy choralar ko‘riladi


Respublika maxsus komissiyasi fuqarolarni avtotransport va metropoliten xizmatlaridan foydalanganda niqob taqish hamda ijtimoiy masofa saqlash rejimiga qat’iy rioya qilishga chaqirmoqda.

Ta’kidlanishicha, niqobsiz yurish qat’iyan man qilinadi. Tartibga rioya qilmaganlarga nisbatan qat’iy choralar qo‘llaniladi va jarimaga tortiladi.

Turli savdo majmualari, bozorlar, do‘konlarda qo‘llarni tashqi yuzalarga tegishidan himoyalashni ta’minlash uchun qo‘lqoplardan foydalanish zarur.

Maxsus komissiya xabariga ko‘ra, Yevropa va Osiyo mamlakatlari tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, faqatgina ijtimoiy masofaga va majburiy niqob taqish rejimiga qat’iy rioya qilinishi pandemiya tarqalishining oldini olishga yordam beradi.

Eslatib o‘tamiz, Respublika maxsus komissiyasining 12-avgustdagi qarori bilan mamlakatning barcha hududlarida jamoat transporti faoliyatiga 17-avgustidan ruxsat berilishi ma’lum qilingandi. Toshkent shahrida esa jamoat transporti va metropoliten 15-avgustdan o‘z ishini boshlaydi.

Mamlakatdagi buyum va qurilish mahsulotlari bozorlari hamda buyumlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi yirik do‘konlar faoliyatiga esa 20-avgustdan ruxsat beriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2020, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют