» » O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurash uchun zaxira yaratish maqsadida davlat budjeti xarajatlari maqbullashtiriladi

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurash uchun zaxira yaratish maqsadida davlat budjeti xarajatlari maqbullashtiriladi


Vazirlar Mahkamasining “Koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish uchun zaxira yaratish maqsadida 2020-yildagi O‘zbekiston Respublikasining davlat budjeti xarajatlarini maqbullashtirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining:

Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan quyidagi xarajatlar:

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-apreldagi 232-sonli “2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining barqarorligini ta’minlash va xarajatlarini maqbullashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlarining tasdiqlangan daromadlar prognozining bajarilmasligi hisobiga xarajatlarning maqbullashtirilgan qismi respublika budjetiga yo‘naltiriladi.

Maqbullashtirilgan mablag‘lar kelgusida koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish chora-tadbirlariga yo‘naltirish uchun Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.

Bunda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlaridan maqbullashtirilgan mablag‘lar Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasiga yo‘naltirish uchun respublika budjetiga yo‘naltiriladi.

Avvalroq O‘zbekistonda davlat budjeti daromadlari qanday soliq turlari hisobiga shakllangani ma’lum qilingan edi. Qayd etilishicha, davlat budjeti QQS,  foyda solig‘i, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i, yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq va aksiz solig‘i hisobiga shakllantirilgan.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda pandemiya davrida ish haqi darajasi oshgani ma’lum qilindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-08-2020, 03:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют