» » Toshkentda ikki fuqaroning 214 mln so‘m pulini “yeb yuborgan” shaxs qo‘lga olindi

Toshkentda ikki fuqaroning 214 mln so‘m pulini “yeb yuborgan” shaxs qo‘lga olindi


Toshkent shahrida ikki fuqaroni 214 million so‘m pulini o‘z ehtiyoji uchun sarflab yuborgan MChJ direktori ushlandi, deb xabar bermoqda Tergov departamenti.

Ma’lum qilinishicha, 2019-yilning fevral oyidan may oyiga qadar bo‘lgan vaqt mobaynida 48 yoshli I.K. MChJ direktori va ta’sischisi sifatida imzo qo‘yish, kreditlarni taqsimlash huquqiga ega bo‘la turib, o‘zganing mulkini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida, B.M. va Sh.A.ni ishonchiga kirib olgan.

I.K. ulardan qiymati 214 000 000 so‘mlik xomashyo mahsulotini qabul qilib olib, uni qayta ishlab chiqarib, pulini berishini va’da qilib, bergan va’dasini bajarmay, pullarni o‘z ehtiyoji uchun sarflab yuborgan.

Bundan tashqari, I.K. o‘zining jinoiy faoliyatini davom ettirib, MChJning direktori bo‘la turib, ushbu jamiyatning moliyaviy va buxgalterlik hujjatlari hamda shtamp-muhrlarini g‘arazli boshqa past niyatlarda qasddan bekitgan.

Mazkur holat yuzasidan Sergeli tumani bo‘yicha IIO FMB tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (juda ko‘p miqdorda firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tegishli tartibda hujjatli taftish tayinlangan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-08-2020, 04:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 31) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют