» » O‘zbekistonda koronavirusga qarshi dori vositasi sifatida reklama qilingan mahsulot bo‘yicha rasmiy munosabat bildirildi

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi dori vositasi sifatida reklama qilingan mahsulot bo‘yicha rasmiy munosabat bildirildi


So‘nggi paytlarda OAVda, jumladan internet, ijtimoiy tarmoqlar va Telegram kanallarda “Koronavirusga qarshi preparat yanada arzonroq va qulayroq. “Tisovir” (favipiravir) keng ta’sir doiradagi virusga qarshi preparat!” nomi ostida reklama videoroligi keng tarqalgan bo‘lib, bu ko‘plab ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda. Bu reklama bo‘yicha Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi rasmiy munosabat bildirib o‘tdi.

Agentlikning ta’kidlashicha, birinchidan, ushbu dori vositasi shifokor retsepti asosida beriladigan preparat hisoblanadi. Shu munosabat bilan, uni OAV orqali keng jamoatchilik uchun reklama qilish mumkin emas.

Ikkinchidan, reklamada qo‘llanilgan “keng ta’sir doiradagi virusga qarshi preparat! U barcha RNK tipidagi viruslarni, shu jumladan, SARS-CoV-2 yangi koronavirus infeksiyasi qo‘zg‘atuvchisini (COVID-19) ingibirlaydi” iborasi, umuman, (ilmiy, amaliy) asoslanmagan, ya’ni noto‘g‘ri reklama hisoblanadi.

Yuqoridagilarga asosan, “Tisovir” (favipiravir) dori vositasi reklamasi amaldagi qonun hujjatlari talablariga zid ravishda joylashtirilgan.

Qayd etilishicha, agentlik tomonidan reklama axborotlarining qonun hujjatlari talablariga mosligi yuzasidan doimiy ravishda monitoring kuzatuvlari o‘tkazish hamda tegishli tezkor ta’sir choralarini ko‘rish yo‘lga qo‘yilgan.

Xususan, 2020-yilning iyun—iyul oylari davomida 30 ta shunday holat aniqlanib, ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida ular faoliyatiga chek qo‘yilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-08-2020, 05:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют