» » JSST COVID-19’ga qarshi kurashni davom ettirish uchun kamida 100 mlrd dollar kerakligini ma’lum qildi

JSST COVID-19’ga qarshi kurashni davom ettirish uchun kamida 100 mlrd dollar kerakligini ma’lum qildi


JSST rahbari Tedros Gebreyesus koronavirusga qarshi kurashish uchun yaqin kelajakda 100 milliard dollar kerak bo‘lishini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “RBK”.

Uning aytishicha, birgina G20 mamlakatlari pandemiya oqibatlarini bartaraf etish uchun 10 trillion dollarni safarbar etgan.

“Yana 10 trillion dollarni COVID-19’ning keyingi to‘lqiniga sarflashdan oldin bizning hisob-kitoblarga ko‘ra dunyo yana 100 milliard dollar sarflashi lozim bo‘ladi, ayniqsa ishlab chiqilayotgan yangi vaksinalarni sotib olish uchun”, — degan Gebreyesus 13-avgust kuni o‘tkazilgan brifingda.

Uning ta’kidlashicha, hozirda JSSTning koronavirusga qarshi vositalarni yaratish, ishlab chiqarish, tartibga solish va sotuvga chiqarishni tezlashtirish bo‘yicha xalqaro loyihasiga 31,3 milliard dollar miqdorida mablag‘ zarur.

Gebreyesus Xalqaro valyuta fondining hisob-kitobini keltirgan bo‘lib, unga ko‘ra koronavirus pandemiyasi dunyo iqtisodiyotiga har oyda 375 milliard dollarga tushmoqda. Ikki yil ichida dunyo iqtisodiyoti yo‘qotishi 12 trillion dollardan oshgan.

Shuningdek, orasidan eng yaxshisini tanlab olish uchun dunyoga koronavirusga qarshi bir necha vaksina zarurligini ta’kidlagan. Uning aytishicha, yaratilgan ko‘p preparatlar hozircha ishlab chiqishning dastlabki bosqichda turibdi.

Ayni paytda dunyo bo‘ylab bir necha vaksinalar hozirda yakuniy sinov jarayonida. Rossiya birinchilardan bo‘lib COVID-19’ga qarshi vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazdi. Ushbu vaksinaning ikki dozasi kamida 10 dollardan sotilishi kutilmoqda.

AQShda Moderna kompaniyasi ishlab chiqargan vaksina 30 ming kishida yakuniy sinovdan o‘tkazilmoqda. Qozog‘istonda esa 1-avgust kuni COVID-19’ga qarshi birinchi emlash o‘tkazilgan. Germaniyada koronavirus vaksinasi 2020-yil oxirida foydalanish uchun tasdiqlanishi kutilmoqda.

Avvalroq JSSTning sog‘liqni saqlash sohasida favqulodda vaziyatlar bo‘yicha dasturi direktori Maykl Rayan tadqiqotchilar koronavirusga qarshi vaksinalar yaratishda salmoqli natijalarga erishgani, biroq ular 2021-yildan ertaroq qo‘llanilmasligini aytgandi. Tedros Gebreyesus esa koronavirusga qarshi yaratilayotgan amalda vaksinalar omadsizlik bilan yakun topishi mumkinligini bildirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-08-2020, 07:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 67) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют