» » Surxondaryoda ota farzandining 18 yoshigacha to‘lanadigan 84 mln so‘m alimentni oldindan to‘ladi

Surxondaryoda ota farzandining 18 yoshigacha to‘lanadigan 84 mln so‘m alimentni oldindan to‘ladi


O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining “Alimentlarni oldindan to‘lash, shuningdek, aliment to‘lash majburiyatini ta’minlash bo‘yicha garov shartnomasini tuzish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilingan. Mazkur hujjat bilan alimentlarni oldindan to‘lash yoki aliment to‘lash majburiyatini ta’minlashda garov taqdim etish asoslari belgilab berilgan.

Qaror ijrosi doirasida Surxondaryo viloyati Denov tumanida yashovchi ota farzandi uchun 18 yoshga to‘lguniga qadar to‘lashi kerak bo‘lgan aliment pulini avvaldan to‘lab qo‘ydi. Bu haqda Majburiy ijro byurosining viloyat boshqarmasiga tayanib O‘zA xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Denov tumanlararo sudining ijro hujjatiga asosan qarzdor G‘.Xidirovdan undiruvchi B.Rahmonovaning foydasiga voyaga yetmagan bir nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan.

Ta’kidlanishicha, karantin davrida uyida qolayotgan bir nafar farzandining moddiy ta’minoti va majburiyatini anglagan qarzdor G‘.Xidirov aliment to‘lash majburiyatini olgan bo‘lsa-da, farzandining 18 yoshgacha bo‘lgan aliment pullarini sobiq turmush o‘rtog‘i bilan o‘zaro kelishgan holda oldindan to‘lab berishini aytib, Majburiy ijro byurosining Denov tuman bo‘limiga murojaat qilgan.

Byuroning davlat ijrochisi tomonidan hisoblab berilgan 84 million 864 ming so‘m aliment pullarini sobiq turmush o‘rtog‘i to‘liq olgandan so‘ng hujjatlar rasmiylashtirilib, ijro hujjati tamomlandi.

Qarzdor otaga nisbatan qo‘llanilgan barcha cheklovlar bekor qilingan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-08-2020, 08:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют