» » Rossiyalik ayol mo‘yna uchun boqilayotgan 2 silovsinni sotib olib, uyida parvarishlamoqda (foto)

Rossiyalik ayol mo‘yna uchun boqilayotgan 2 silovsinni sotib olib, uyida parvarishlamoqda (foto)


Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida yashovchi Anastasiya Poznyak fermaga mo‘ynasi uchun keltirilgan ikkita silovsinni qutqardi, u oilasi bilan hayvonlarni sotib oldi. Bu haqda u o‘zining Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Shuningdek, silovsinlar Anastasiyaning uyidagi yolg‘iz hayvon emas, uning sakkizta kuchugi va ikkita oti bor.

2018-yilda boqib silovsinlarning biriga “Alvasti” kitobi, video o‘yini hamda serialining riviyalik bosh qahramoni  sharafiga Geralt deb ismi qo‘ydi. Oradan bir yil o‘tmay Bulochka ismli silovsin paydo bo‘ldi. Ayolning aytishiga qaraganda, hayvonlar Mushuk va Mushukcha ismlariga o‘rgangan.

“Biz ularni kichkina mushukligida sotib olgandik va ular katta bo‘ldi. Geralt kuchuklar bilan do‘st, odamlarga sodiq. U qanday qilib sayr qilishni biladi va xom go‘sht iste’mol qiladi”, — deydi Anastasiya.

Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi paytlarda odamlar ko‘proq hayvonlarga yordam berishni va mo‘yna uchun boqilayotgan silovsin, tulki va sobolni qanday qutqarishni  o‘ylamoqda.

Shuningdek, qizdan ko‘p marotaba silovsinlar egasini yeydimi, deb so‘rashadi. U, albatta, yo‘q, deb javob berdi.

“Birinchidan, aqli raso hayvon nega unga ovqat berayotgan odamni yeyishi kerak? Biz uni kichikligidan ovqatlantirdik, u idishdagi ovqat qayerdan kelishini juda yaxshi bilar edi. Silovsin juda kichkina edi. Mana hozir ular 18 dan 25 kilogacha vazn to‘pladi. Ushbu vazndagi hayvon uchun o‘zidan 2-3 baravar ko‘p og‘irlikda bo‘lgan insonni yengish oson emas. Tabiatda odam yeydigan silovsinlar mavjud emas. Albatta, odam yeydigan pumalar, sherlar va yo‘lbars bor. Biz barcha xavfsizlik choralarini ko‘rib qo‘yganmiz, masalan, ular bilan o‘ynash vaqtida tasodifan shikastlanganda yordam beradi”.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-08-2020, 09:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 46) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют