» » Eronning eng go‘zal 10 aktrisasi (foto)

Eronning eng go‘zal 10 aktrisasi (foto)


Gollivud yulduzlarini tanimagan inson bo‘lmasa kerak, sababi ular haqidagi har bir xabar shov-shuvga aylanadi. Ammo Sharq yulduzlari haqida ma’lumotlar ancha kam. Qadimiy Eronning kinematografiya sohasida ijod qilayotgan talaygina go‘zal va mahoratli aktrisalari bor.

Maxlagxa Jaberi

Maxlagxa Jaberi — chiroyini ro‘mol ortiga yashirishni xohlamagan aktrisa. Yulduz bir necha yillar o‘z yurtida model bo‘lib ishladi, Kaliforniya agentligiga ishga taklif etilganidan so‘ng u AQShda yashashga qaror qildi. Hozirda aktrisaning suratlari ko‘plab jurnallarni bezatib turibdi. Ammo go‘zal aktrisa chiroyi ustida biroz jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan. U burni ustida ishlagan, unga ixcham ko‘rinish bergan. Ishlov berilgan ko‘zlar hamda kattalashgan lablar… Ammo shunisi aniqki, hech qanday jarrohlik yo‘li bilan bunday ko‘z rangiga erishish mumkin emas, bu, albatta, nasl bilan bog‘liq.

Elaxe Esari

Aktrisaning aqlbovar qilmas go‘zalligidan butun dunyo hayratga tushdi. Uning qoshi, ko‘zi va sochining qora rangi ajoyib uyg‘unlikni tashkil qiladi. Aktrisa 37 yosh. U bolaligidan aktyorlik kasbini orzu qilgan, lekin ota-onasining taqiqiga qaramay o‘z qaroridan qaytmadi. Uning har bir roli shunchalar samimiyki, shunchaki o‘ynamaydi, balki qahramonlar taqdiri bilan yashayotganday tuyuladi.

Nasim Fetrat

Eron Nasim Fetratning go‘zalligi bilan bo‘lishishni istamaydi. Mamlakatning tashqarisida nafaqat filmlarini, balki aktrisaning fotosuratlarini ham ko‘rish qiyin. Shuning uchun ham aktrisa haqida ma’lumot topish mushkul masala.

Nazanin Mandi

Mandi muxlislar yodida maftunkor ko‘zlar bilan emas, balki jingalak soch va shokolad rang teri bilan qoladi. Bejirim lablar, sehrlovchi ko‘zlar va go‘zal yanoqlar… Ehtimol, Monika Belluchchi uni o‘ziga raqib deb bilishi mumkin.

Sara Shaxi

Fors shoxi Fath Ali-Shoxning avlodi bo‘lmish Sara ham Eron go‘zallarining safini to‘ldirmoqda. U o‘zining modellik karyerasini tashkil etdi va biror marta bo‘lsa ham televizor ekranlarida ko‘rinmadi. Unga qarab o‘tgan asrning 80-yillarida tug‘ilganiga ishonish qiyin. Chunki unga 25 yoshdan oshig‘ini berib bo‘lmaydi. Ayniqsa, uning jarrohlar yoki kosmetologlar bilan bu darajaga erishmaganligi hayratlanarli. “Qanday qilib?”, degan savolga u hotirjamgina “bu shunchaki nasldan”, deb javob beradi.

Maxiaz Afshar Jadid

Sharqda ayollarning mallarang ko‘zlari kamdan-kam uchraydigan holat. Sariq sochlar esa milliontaning bittasida bo‘ladi. Uning tashqi ko‘rinishi nasldan naslga o‘tgan. Aktrisa doimo boshiga sharf o‘rashni yoki bosh kiyim kiyishni yaxshi ko‘radi.

Linda Kiani

Ushbu aktrisa ham xuddi Maxiaz kabi sochlarini ro‘mol ortiga yashirishni yaxshi ko‘radi. Shuningdek, bu uning taniqli aktrisa bo‘lishiga to‘sqinlik qilmadi. Uning tasvirida ikkita go‘zal xususiyat — kamtarinlik va tabiiylik mujassam. Yulduz yorqin bo‘yanishni va e’tibor tortar darajada kiyinishni xohlamaydi. Qiz qoshiga va ko‘ziga birozgina urg‘u beradi, ayrim hollarda lab bo‘yog‘idan foydalanadi.

Klaudiya Links

Klaudiyani Megan Foksning sharqdagi hamkasbi deyishadi. Yulduz ko‘k ko‘zlari, ayyorona jilvasi, qisqasi ajoyib ko‘rinishga ega. Ammo uning qiyofadoshi barcha go‘zallikka jarrohlik amaliyoti yordamida erishgan bo‘lsa, Klaudiya bu borada nasliga tashakkur aytadi.

Maryam Zakariya

Hind milliy raqslarini ijro etadigan go‘zal qizning Hindiston bilan hecham aloqasi yo‘q. U asli eronlik. Uning go‘zalligi va iqtidori bir qancha muxlislar ko‘nglidan joy olgan. Aktrisa o‘zining go‘zalligi bilan faxrlanadi.

Saxar Biniyaz

Saxar Hindistonda tug‘ilgan bo‘lsa-da, unda Eronning qoni oqmoqda. U juda ko‘p vaqt Kanadada yashadi, “Dunyo go‘zali” tanlovida qatnashdi. Ammo yulduz o‘zining kelib chiqishi haqida unutmaydi va o‘ziga xos zargarlik buyumlari bilan tashqi qiyofasida sharqona ko‘rinishni ta’kidlaydi.

Mavzuga  doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-08-2020, 11:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют