» » Belarus prezidenti stipendiyasi laureatlari ommaviy ravishda mukofotlardan voz kechdi

Belarus prezidenti stipendiyasi laureatlari ommaviy ravishda mukofotlardan voz kechdi


Belarus prezidentining iqtidorli yoshlarni, iste’dodli talabalar va o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha maxsus jamg‘armasi stipendiantlari, laureatlari, mukofot va diplom egalari unvon hamda imtiyozlardan voz kechdi. Bu boradagi ochiq xat Tut.by’da e’lon qilingan.

“Prezident mamlakatda o‘z vatandoshlarini aldash va shafqatsiz kaltaklanishga yo‘l qo‘yayotgan bir paytda, prezident stipendiyasi laureati unvonini ko‘tarib yurishning imkoni yo‘q. Ushbu nomni ko‘tarib yurishdan uyalishimizni ma’lum qilamiz”, — deyiladi xatda.

Mukofotdan voz kechganlarning ta’kidlashicha, “g‘azab va qo‘rquv muhiti hukmronlik qilayotgan” davlatda “belaruslar o‘zlarini xavfsiz his qilmayapti”, prezidentlik saylovi natijalari esa “ko‘plab Belarus fuqarolarida shubha uyg‘otmoqda”.

“Xalq o‘z tanlovini amalga oshirdi, biroq nima sababdan ushbu tanlov e’tiborga olinmadi… Biz ushbu prezidentlik kampaniyasining rasmiy natijalarini tan olmaymiz”, — deydi xat mualliflari.

Xat mualliflari siyosiy mahbuslarni hamda norozilik namoyishi vaqtida qo‘lga olinganlarning ozod qilinishini, kuch tuzilmalar tomonidan zo‘ravonliklarning hamda mustaqil OAV jurnalistlarini ta’qib qilinishi to‘xtatilishini talab qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Belarusda 9-avgust kuni prezident saylovi bo‘lib o‘tdi. Saylov kuni Minsk markazida harbiy texnika paydo bo‘ldi. Belarus militsiyasi saylov uchastkalari oldida to‘plangan odamlarni qo‘lga oldi. Saylov kuni oqshomida mamlakatning barcha yetakchi ommaviy axborot vositalarining saytlari ochilmay qoldi. Poytaxt Minskda prezident saylovidan keyin norozilik namoyishi boshlandi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-08-2020, 12:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют