» » Muhammad Yusufning qizi Madina Yusupova: Dadam eng yaqin sirdoshimiz edilar

Muhammad Yusufning qizi Madina Yusupova: Dadam eng yaqin sirdoshimiz edilar


O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf hayot bo‘lganida 63 yoshni qarshilagan bo‘lardi. Sana munosabati bilan “Ellikqala.uz” sayti shoirning kenja qizi Madina Yusupova bilan suhbat uyushtirdi. 

— Dadam Muhammad Yusuf vafotlaridan keyin onajonim Nazira As-Salom u kishidan qolgan meros unutilmasligi hamda barhayot bo‘lishini ta’minlash maqsadida “Oltin qalam” nomli gazeta hamda “Muhammad Yusuf” nomidagi adabiy-ijtimoiy fondni tashkil qildilar. Hozirda ularning faoliyati bilan shug‘ullanib kelmoqdalar, — deya hikoya qiladi Madina Yusupova.

To‘ng‘ich opam Ma’suda O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Yoshlar” telekanalining “Davr” informatsion dasturida ishlaydi. To‘ng‘ich opamdan keyin akam Sherzod bor edilar, afsuski, 27 yoshida vafot etganlar. 

Opam Nozimaxon onamning yonlarida, gazetada muharrir bo‘lib ishlaydilar. Men esa Infin bank’da faoliyat yuritib kelmoqdaman.

Guvohi bo‘lganingizdek, barchamiz oliy ma’lumotlimiz va o‘z sohamiz bo‘yicha faoliyat olib bormoqdamiz. Shoirlikka da’voyim yo‘q, ammo she’r yozib turishim to‘g‘ri. Bu yil dadamning tavalludlariga 63 yil to‘lishi munosabati bilan ilk “Sog‘inch satrlari” kitobim chop etildi.

—Muhammad Yusuf oilada ota sifatida qanday fazilatlarga ega bo‘lgan?

— Otam uchun oilada qizlarning o‘rni juda baland va o‘zgacha edi. Bizni avaylash va e’zozlash qatorida katta hayotga har tomonlama tayyorlab borganlar. Bizni sportga berar, yoga bilan shug‘ullantirar, mashina boshqarishni o‘rgatar, hayotda zarur ishlarga o‘rgatib borganlar. 

Aksariyat oilalarda qiz bolalar onalarga yaqinroq bo‘ladi. Bizda aksincha, dadam ham ota, ham eng yaqin sirdosh va do‘st bo‘la olgan edilar. O‘z navbatida, biz ham ulardan hech narsani yashirmas, doim maslahatlarini olardik…

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (27-04-2017, 14:58)
+2 (голосов: 2)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют