» » AQShda yerda harakatlanish bo‘yicha yangi jahon rekordi o‘rnatildi (foto)

AQShda yerda harakatlanish bo‘yicha yangi jahon rekordi o‘rnatildi (foto)


AQShdagi Bonnevil tuz ko‘lida Speed Demon strimlayneri ichki yonuv dvigateliga ega mashinalar orasida yerda harakatlanish bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi. Strimlayner soatiga 775 kilometr tezlikka erishgan. Bu haqda kompaniyaning Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilindi.

Speed Demon tomonidan qayd etilgan maksimal tezlikka qaramay, rekord sifatida ikkita harakatdagi ko‘rsatkichlarning o‘rtachasi olingan — soatiga 757 kilometr.

Mazkur strimlayner Chevrolet’ning ikkitalik turbopuflagichiga ega olti silindrli V8 HEMI divgateli bilan jihozlangan. Speed Demon dvigateli 2,5 ming ot kuchini taqdim etishga qodir bo‘lib, u yetti pog‘onali avtomat uzatmalar qutisi yordamida boshqariladi. Agregat to‘rtta g‘ildirakka ega, uning ikkita oldingisi bir-birining ortida joylashgan.

Bundan oldingi rekord ham Speed Demon’ga tegishli bo‘lib, u 2018-yilda o‘rnatilgan edi. O‘shanda strimlayner 722 km/soat tezlikka erishgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-08-2020, 14:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 28) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют