» » Diqqat e’lon! Maxsus sirtqi ta’lim shakliga abituriyentlarni qabul qilish jarayoni boshlandi

Diqqat e’lon! Maxsus sirtqi ta’lim shakliga abituriyentlarni qabul qilish jarayoni boshlandi


O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda uning Nukus filialiga 2020/2021-o‘quv yili uchun maxsus sirtqi ta’lim shakliga abituriyentlarni qabul qilish jarayoni boshlandi. Qabul karantin davrida sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilingan holda, yuqori saviyada shaffoflik, xolislik va oshkoralik prinsiplari asosida o‘tkaziladi.

Pandemiya sharoitidan kelib chiqib, maxsus sirtqi ta’lim shakliga abituriyentlardan hujjatlar istisno tariqasida 2020-yilning 15-avgustidan 10-sentabriga qadar (o‘sha kuni ham) tuman(shahar) jismoniy tarbiya va sport bo‘limlarida qabul qilinadi.

Maxsus sirtqi ta’lim shakliga uch yildan ortiq trenerlik ish stajiga ega bo‘lgan va hozirgi kunda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimida faoliyat yuritayotgan trener va xodimlar tanlov asosida qabul qilinadi. Imtihonlar respublikada epidemiologik vaziyat barqarorlashishidan kelib chiqib o‘tkaziladi. Maxsus sirtqi ta’lim shakliga abituriyentlar tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

1. Abituriyent tomonidan oliy ta’lim muassasasi rahbari nomiga ariza;

2. Yuqori turuvchi tashkilotning tavsiyanomasi;

3. Pasport nusxasi;

4. O‘rta maxsus ma’lumot to‘g‘risidagi diplomning asli (ilovasi bilan birga);

5. Ish joyidan ma’lumotnoma;

6. Mehnat daftarchasidan nusxa (ish joyidan tasdiqlangan holda);

7. 3,5x4,5 hajmdagi 6 dona rangli fotosurat.

2020/2021-o‘quv yili uchun maxsus sirtqi ta’lim shakliga 550 ta kvota ajratilgan bo‘lib, shundan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga 500 nafar hamda uning Nukus filialiga 50 nafar talaba o‘qishga qabul qilinadi.

Yo‘nalishlar kesimida qabul parametrlari quyidagi jadvalda aks etgan:

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati

Batafsil: https://minsport.uz/post/view/3654

Telegram:t.me/Minsportuz

Instagram: instagram.com/minsportuz

YouTube: www.youtube.com/channel/

Facebook: https://m.facebook.com

https://www.facebook.com/profile

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-08-2020, 15:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют