» » “Temir daftar” o‘zi nima? Unga kiritilgan oilalar ro‘yxatdan qanday chiqariladi? Vazirlik vakili izohi

“Temir daftar” o‘zi nima? Unga kiritilgan oilalar ro‘yxatdan qanday chiqariladi? Vazirlik vakili izohi


So‘nggi oylarda O‘zbekistonda “temir daftar” atamasi juda ko‘p tilga olinib, fuqarolar orasida turlicha talqin qilinyapti va tushunmovchiliklarni ham yuzaga keltirmoqda. Mamlakat tajribasida yangilik bo‘lgan ushbu tizim bilan bog‘liq ko‘plab savollarga Namangan shahrida OAV vakillari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Hududlarni kompleks rivojlantirish Departamenti direktori Vohid Rahimov javob berdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonov xabar qilmoqda.

“Temir daftar” o‘zi nima?

Oilalarni kambag‘allikdan chiqarishga qaratilgan  “saxovat.argos.uz” elektron dasturi “temir daftar” deyiladi. Mazkur dasturga ijtimoiy ahvoli hamda turmush sharoiti og‘ir bo‘lgan, sektor rahbarlari (tuman hokimi, tuman prokurori, tuman soliq bo‘limi boshlig‘i va tuman IIB boshlig‘i) tomonidan alohida nazoratga olingan oilalar kiritib boriladi.

Pandemiya sharoitida ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘irlashgan oilalarning bandligini ta’minlash orqali ularga daromad manbasi yaratishning “vaqtinchalik tartibi”ga asosan, “temir daftar”ga kiritilgan ehtiyojmand oilalarning bandligini ta’minlash hamda daromad manbasini yaratish choralari ko‘riladi.

Qanday shakllarda yordam ko‘rsatiladi?

Ro‘yxatga ehtiyojmand oilalarning qanday toifalari kiritiladi?

“Temir daftar” qanday shakllantiriladi?

Ro‘yxatni shakllantirishda sektor rahbari, tuman xalq deputatlari kengashi vakili va mahalla oqsoqoli birgalikda uyma-uy yurib, oilalarning moddiy va turmush sharoitini har tomonlama o‘rganadi. Umumiy xulosa asosida tuzilgan ro‘yxat tuman xalq deputatlari kengashi muhokamasiga qo‘yiladi. Kengash tasdig‘idan o‘tgan oilalar haqidagi barcha ma’lumotlar sektor kotibi tomonidan “saxovat.argos.uz” elektron bazasiga raqamli imzo kaliti orqali kiritiladi.

Agar fuqaro yuqorida sanab o‘tilgan mezonlarga to‘g‘ri kelsa, lekin “temir daftar”ga kiritilmagan bo‘lsa, o‘zi istiqomat qilib turgan mahalla fuqarolar yig‘ini yoki sektor rahbariga murojaat qilishi kerak bo‘ladi. Fuqaroning holati baholanadi va uni ro‘yxatga kiritish bo‘yicha kerakli choralar ko‘riladi.

Ro‘yxatdan qanday tartibda chiqariladi?

“Temir daftar”ni yuritish bo‘yicha vaqtincha belgilangan tartibga ko‘ra, fuqaroning bu ro‘yxatda bo‘lish muddatiga aniq chegara mavjud emas. Yordamga muhtoj bo‘lgan fuqarolar aniqlanib, “temir daftar”ga kiritilgach, ular bilan individual ishlash yo‘lga qo‘yiladi. Mehnatga layoqatli bo‘lgan fuqarolar ishga joylashtirilib, bandligi ta’minlanadi yoki o‘z-o‘zini band qilish orqali ularning daromadini oshirishga erishiladi. Shundan so‘ng fuqaroning arizasi va ishchi guruhning tavsiyasi asosida bu fuqaroni ro‘yxatdan chiqarish xalq deputatlari tuman (shahar) kengashi qarori asosida hal qilinadi.

Oila “temir daftar”dan chiqqanidan keyin ham bir necha yil mahalla va hokimlik nazoratida bo‘ladi. Maqsad — ro‘yxatdan chiqarilgan oilalarni yana kambag‘allikka qaytmasligining oldini olish.

“Temir daftar”dan chiqarish va ularning o‘rniga yangi oilalarni kiritish bo‘yicha ma’lumotlar kunlik yangilab boriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-08-2020, 15:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 54) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют