» » Hindistonda koronavirusga qarshi vaksina sinovining birinchi bosqichi o‘tkazilmoqda

Hindistonda koronavirusga qarshi vaksina sinovining birinchi bosqichi o‘tkazilmoqda


Hindistonda koronavirusga qarshi Covaxin vaksinasi klinik sinovining birinchi bosqichi muvaffaqiyatli o‘tkazilmoqda. Bu haqda 14-avgust, juma kuni The Economic Times gazetasi xabar berdi.

“Dastlabki natijalar vaksinaning xavfsizligini ko‘rsatmoqda. Sinov ishtirokchilarida nojo‘ya ta’sir kuzatilmadi. Sinovlarning birinchi bosqichi avgust oxirlarida yakunlanadi. Ikkinchi bosqichda vaksinaning samaradorligini aniqlashga harakat qilamiz”, — degan tadqiqot rahbari Savita Verma.

Qayd etilishicha, Covaxin vaksinasi Bharat Biotech kompaniyasi tomonidan Hindiston tibbiy tadqiqotlar kengashi bilan hamkorlikda Pune milliy virusologiya institutidan olingan SARS-CoV-2 shtammiga asoslangan holda ishlab chiqilgan.

Sinovlar Hindistondagi 12 ta tibbiyot markazida o‘tkazilayotgan bo‘lib, unda 375 nafar ko‘ngilli ishtirok etmoqda. Sinovlar muvaffaqiyatli o‘tsa, Covaxin preparati 2021-yilning birinchi yarmida foydalanish uchun tayyor bo‘ladi.

Ayni paytda dunyo bo‘ylab bir necha vaksinalar hozirda yakuniy sinov jarayonida. Rossiya birinchilardan bo‘lib COVID-19’ga qarshi vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazdi. Ushbu vaksinaning ikki dozasi kamida 10 dollardan sotilishi kutilmoqda.

AQShda Moderna kompaniyasi ishlab chiqargan vaksina 30 ming kishida yakuniy sinovdan o‘tkazilmoqda. Qozog‘istonda esa 1-avgust kuni COVID-19’ga qarshi birinchi emlash o‘tkazilgan. Germaniyada koronavirus vaksinasi 2020-yil oxirida foydalanish uchun tasdiqlanishi kutilmoqda

Avvalroq JSSTning sog‘liqni saqlash sohasidagi favqulodda vaziyatlar bo‘yicha dasturi direktori Maykl Rayan tadqiqotchilar koronavirusga qarshi vaksinalar yaratishda salmoqli natijalarga erishgani, biroq ular 2021-yildan ertaroq qo‘llanilmasligini aytgandi. Tedros Gebreyesus esa koronavirusga qarshi yaratilayotgan amaldagi vaksinalar omadsizlik bilan yakun topishi mumkinligini bildirgan.

Mavzuga doir: CNN: Rossiya koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqishda AQShga yordam taklif qildi. Vashington yordamni rad etdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-08-2020, 17:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют